"Dars turlarinining mazmuni va talablari"
Cкачать презентацию: "Dars turlarinining mazmuni va talablari"
Презентация по слайдам:
Слайд #1
Dars turlarinining mazmuni va talablari

Слайд #2
Mavzu rejasi:
1. Darslarga qoyilgan talablar
2. Yangi bilimlarni organish darsi
3. Umumiy yoki aralash darsi
4.Bilimlarni mustaxkamlash darsi.

Слайд #3
Dars - o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishning shakli bo‘lib, u bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshiradi. Dars o‘qitishni tashkil etishning o‘zgarmas shakli emas. O‘quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo‘llarini izlaydi.

Слайд #4
Har bir dars turmush bilan amaliyot bilan bog’langan bo‘lmog’i, shuningdek xilma xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog’i lozim.
Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanmoq zarur.
Dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini ta’minlamog’i lozim.
Darsda o‘quv materialining mazmuniga oid ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalar va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim:
Har bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo‘lmog’i lozim.
Har bir dars mustahkam g’oyaviy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘log’i lozim.
Darsda har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir.

Слайд #5
Ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlari quyidagilar:
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi (ma’ruza).
O‘tilgan materiallarni mustahkamlash darsi.
O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish va baholash darsi.
Takrorlash – umumlashtiruvchi va kirish darslari
Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasini birga qo‘llanishi).

Слайд #6
Har bir dars turining ma’lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa o‘qituvchining o‘quv materialini to‘g’ri va samarali tushuntirishiga, mustahkam esda qoldirishga, takrorlashga va uning o‘zlashtirishini nazorat qilib borishiga yordam beradi. Maktablarimizda eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlaridan biri – yangi bilimlarni bayon qilish darsidir.

Слайд #7
Bu dars turi quyidagicha tuziladi:
a) yangi bilimlarni bayon qilish;
b) yangi bilimlarni mustahkamlash;
g) yangi bilimlarga bog’liq holda uy vazifalari topshirish.
v) yangi bilimlar ustida ishlash;

Слайд #8
"Demak, dars boshdan – oyoq bir dars turi bilan olib borilmaydi, balki shu darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash (savol-javob), yangi bilimlar ustida mashq o‘tkazish (masala va misollar yechdirish, grafik ishlari olib borish), uyga vazifa (boshqa bir dars elementi-tushuntirish yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish va h. k) kabi boshqa elementlarning bo‘lishi ham mumkin. Shunga qaramay, darsdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan bo‘lsa, butun didaktik usullar shunga buysundiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi.

Слайд #9
Dars tuzilishi u yoki bu dars turining tuzilishini, uning qismlarini anglatadi. Biroq, dars turlari tuzilishidagi har qanday qism – didaktik usul, dars tuzilishi bo‘lavermaydi. U o‘qitish usuli bilan bog’langandagina dars tuzilishini tashkil qiladi. Ya’ni dars tuzilishining o‘zgarishi bilanoq dars olib borish usuli ham o‘zgaradi. Darsning tuzilishi qo‘yilgan maqsadlarga o‘rganilayotgan materialning mazmuniga, ta’limning darsda qo‘llanadigan metodlari va usullariga, o‘quvchilarning tayyorgarlik va kamolat darajasiga, darsning o‘quv jarayonidagi o‘rniga bog’liqdir.

Слайд #10
Dars tuzilishini biridan ikkinchisiga o‘tishi va shu orqali darsning shakli hamda usullarining o‘zgarishi dars bosiqichi deb yuritiladi. Masalan, aralash dars turining tuzilishi:
uy vazifalarini so‘rash, tekshirib ko‘rish;
yangi materiallarni bayon qilish
yangi materiallarni mustahkamlash;
uy vazifalarini topshirishni o‘z ichiga oladi.

Слайд #11
Bunda:
a) uy vazifalarini ko‘rish suhbat (savol-javob), misol va masalalar ishlatish yo‘li bilan olib borilishi mumkin. Bu dars tuzilishining birinchi qismi, darsning birinchi bosqichi;
b) yangi materiallarni bayon qilish jarayonida o‘qituvchi tushuntirish, hikoya qilish, maktab ma’ruzasi, suhbat kabi usullardan foydalanish mumkin. Bu – dars tuzilishining ikkinchi qismi, darsning ikkinchi bosqichi;
v) yangi materiallarni mustahkamlash jarayonida suhbat, mashq qildirish, kitob bilan ishlash usullaridan foydalanish mumkin. Bu – dars tuzilishining uchinsi qismi, uchinchi bosqichi;
g) uy vazifalarini topshirish jarayonida tushuntirish. Suhbat usulidan foydalanish mumkin. Bu – dars tuzilishini to‘rtinchi qismi, darsning to‘rtinchi bosqichidir. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan dars turlarining hammasi o‘z tuzilishiga ega bo‘lganidek, ma’lum bosqichlarga ham ajraladi.

Слайд #12
Takroriy-umumlashtiruvchi dars, odatda, dasturning ma’lum bir qismi yoki yirik mavzu o‘tib bo‘lganidan keyin ishlatiladi. Bunda o‘tilgan materiallarni takrorlash – qayta esga tushirish va mustahkamlash maqsadida o‘tilgan mavzularni qamrab olgan va bir-biriga bog’liq bo‘lgan savollar orqali umumlashtirish nazarda tutiladi.
Oliy ta’limda mashgulotlar ma’ruza, amaliy mashgulot, seminar, mustakil ish bulimlarga bulinadi. mashgulotlarning barcha turlari xar bir bulimga oid xususiyatlarning ichki va tashki omillariga boglik xolda tashkil kilinadi.

Слайд #13
Oliy ta’limda ma’ruza mashgulotlari ayricha axamiyat kasb etadi. M a’ruzani rejalashtirayotganda birinchi navbatda uning mazmuniga axamiyat beriladi. Ukuv dasturlarida talabaning xozirgacha olgan bilimlari va uning bundan keyin egallashi lozim bulgan bilim, kunikma va malaklarini nazarga olgan xolda tegishli kursatmalar beriladi. Bu kursatmalar ma’ruzaning mazmuniga xam, uni tashkil etish metodikasiga xam alokador bulishi mumkin.

Слайд #14
Ma’ruzani talabalarga yetkazishning metodikasi ikkinchi darajali masalalar katoriga kirmaydi. Aslida, oliy ta’limda taxsil olayotgan talabaning olam xodisalariga dialektik yondashuvi, ularga nisbatan tankidiy nuktai nazarning shakllanishi va takomillashuvi kup jixatdan leksiya mashgulotlarining tashkil etilishiga xam boglikdir. Ma’ruzalarda xodisalarning asl moxiyati kanchalik teran ochib berilsa, ularga yondashuvlarning xilma-xilligi xamda bu xilma-xilliklarning sabalari kanchalik anik va ishonarli yoritilsa, talabaning shu soxaga bulgan kizikishi xam, uning mazkur xodisalarga nisbatan shaxsiy nuktai nazari xam shunchalik ortib va reallashib boradi.

Слайд #15
Ta’limning kaysi boskichida bulmasin, ma’ruza va suxbatlar jarayonida ukituvchi asar mazmunini aytib berishdan tiyilishi kerak. Mashxur rus metodisti A.D.Alferov aytganiday: «biz darsliklarda adabiy asarlarning mazmunini bayon etishni nopedagogik ish deb xisoblaymiz; ... bunday bayon xech kachon yozuvchining uzi chekkan dardlarni tuyishga majbur kila olmaydi, buning ustiga u ukuvchidan asl manbaga murojaat kilish extiyojini tortib oladi (axir u asar mazmunini biladi-da!) Bunday bayon yoshlarni adabiyotning ruxi bulgan jonli, ijodiy ta’sirni uz tanida xis etish imkonidan maxrum kiladi»
Bu fikrlar fakat darslik va kullanmalar uchun emas, balki ma’ruza va suxbatlar uchun xam tulaligicha taalluqlidir. Ma’ruzalarning yangi, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishi bugunning eng muxim talablaridan biridir.
