MUSIQACHI SHAXSI VA FAOLIYATI
Читать

MUSIQACHI SHAXSI VA FAOLIYATI

Cкачать презентацию: MUSIQACHI SHAXSI VA FAOLIYATI

Вставить эту публикацию

Вставить код

    Ничего не найдено.
Click here to cancel reply.

Презентация по слайдам:


Слайд #1

MUSIQACHI SHAXSI VA FAOLIYATI

Слайд #2

Musiqachi shaxsi
Muammoning asosiy masalalari:
Musiqachi shaxsi deganda kimni tasavvur qilasiz?
Uning qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud?
YAxshi musiqachi va pedagog bo‘lish uchun inson o‘zida qanday xususiyatlarni rivojlantirishi kerak?

Слайд #3

Barcha buYuk sozandalarning aytishicha, bu shunday shaxski, u odamlarga go‘zallik, umid bag‘ishlaydi, ruhni Yuksaltiradi, insonlarni pok va go‘zalroq qiladi. Bu shaxsda, birinchi navbatda, musiqa tuyg‘usi bo‘lishi kerak. Psixolog va sozanda B.M.Teplov musiqiylik haqida bu - musiqaning emosional ifodalanishini (shakl, janr, kuy, ritm, lad, tembr, dinamika va boshqalarni) his eta olish qobiliyati, deydi.

Слайд #4

Musiqachi shaxsi va faoliyati xususiyatlar
San’at ustalari shaxsining xususiyatlarini odatda rus tilida «t» harfi bilan boshlanadigan beshta so‘zga bog‘lashadi. Bular: «talant» – iste’dod, «tvorchestvo» – ijod, «trudolYubie»– mehnatsevarlik, «terpenie» – sabr, «trebovatel’nost’» – talabchanlik. Bu erda musiqachining iste’dodi katta ahamiyatga ega. Masalan, yosh Mosart Vatikanda xor ijrosidagi murakkab asarni (Italiya kompozitori Grigorio Allegrining «Mizerere») atigi ikki marotaba eshitib, ikki kundan so‘ng o‘z xotirasida saqlab qolgan o‘sha to‘liq partituraning qo‘lyozmasini Rim Papasiga topshirgan.
Gregorio Allegri
Gregorio Allegri (1582-1652), singer (church cantor) and Italian composer born in Rome (Italy). Coloured engraving. (Photo by adoc-photos/Corbis via Getty Images)

Слайд #5

Mashhur ital’yan dirijyori Arturo Toskanini deyarli butun konsert repertuarini yoddan dirijyorlik qilgan. Ayni paytda u o‘n yil avval yodlagan asarini ham esda saqlagan. Ferens List murakkab asarlarni konsertga aravada ketayotib yodlay olgan. Bu misollarning barchasi shaxsning musiqiy xotira deb ataluvchi psixologik xususiyatiga bog‘liq. Katta sozandaning shaxsi doimo ko‘pqirrali. Bunga fanni ham, san’atni ham birdek tushuna oladigan O‘rta SHarqning qomusiy olimlari yaqqol misoldir. Masalan, musiqa san’atida Forobiy ham nazariyotchi, ham musiqa cholg‘ularining ajoyib ijrochisi bo‘lgan.
Артуро Тосканини Arturo Toscanini. Итальянский и американский музыкант. Виолончелист. Один из величайших дирижеров последних столетий.

Слайд #6

Musiqachi shaxsining serqirraligi haqida nemis dirijyori Bruno Val’ter shunday degan:
«Faqat sozanda – bu har doim yarim sozanda».
Musiqachining mehnatsevarligi haqida P.I.CHaykovskiy: «Eng keragi, avvalo, mehnat, mehnat va yana mehnat... Men har kuni ertalab ijodga o‘tirib, to biror narsa chiqmaguncha ishlayveraman», degan edi.
Mashhur pianinochi va pedagog M.Klementi sakkiz, ba’zan o‘n ikki va hatto o‘n to‘rt soatlab mehnat qilgan.
S.V.Raxmaninov yoshligida, sog‘lig‘i joyidaligida «haddan tashqari yalqovligi bilan ajralib turganligi»dan afsuslangan, keyin esa, salomatligi zaiflashib qolganda faqat ish haqida o‘ylagan.

Слайд #7

Sozanda shaxsining bosh maqsadi haqida F.List o‘quvchilariga shunday degan: «Agar katta musiqachi bo‘lishni istasang, unda katta odam bo‘lishga harakat qilishing kerak bo‘ladi». V.I. Petrushinning «Muzo‘kal’naya psixologiya» (M.,1997) kitobi bo‘yicha mustaqil o‘rganish uchun mavzular.
1. Musiqachi faoliyati (38-45)
2. Sozanda harakatlari texnikasi (45-66)
3. Ijod. Umumiy holatlar (67-82)
4. Badiiy ijod (82-89)
5. Musiqiy ijod (89-98)
6. Sozandaning ish tartibi va gigienasi (98-111).

Слайд #8

Ruhiy omillar

Genlar, irsiy, anatomic, fiziologik, ruhiy tashkiliy jihatlar orqali o’tadigan birliklar

Biologic оmillar

Inson psixikasidagi hissiy, aqliy faoliyat sohalaridagi o’zgarishlar
harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli bo‘lib, sabab tasavvurlar va qarashlarni qamrab oladi, ya'ni shaxs shakllanadigan manba hisoblanadi.

Слайд #9

Shaxsning kamol topishidagi asosiy omillar

Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o'rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy belgilarning rivojlanishi insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga bog'liqligiga ko'plab misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitda emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. (1920 yilda hindistonlik doktor Singx Midnapur shahri yaqinidagi bo'ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va Amola hayoti bunga misol bo'ladi). Yoki Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” asaridagi bosh qaxramon- Robinzon yashagan orol sohillariga uning xaloskor kemasi yelkan otmaganida edi, u shaxs sifatida degradatsiyaga uchragan bo‘lardi.

Слайд #10

Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o'rni mo'him bo'lib, Alisher Navoiy - shoir, Eynshteyn- fizik, Ulug'bek-astronom, Ibn Sino-tabib bo'lib tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojla

Слайд #11

Ta'lim - tarbiya insonning shakllanishida etakchi o‘rin egallaydi.Ta'lim -tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta'sirini o'qish, qiziqish, mehnat qilish, musiqa bastalash va boshqa malaka va ko'nikmalar egallanishi evaziga o‘zgartirish, xatto tug'ma kamchiliklar(karlik, zaif ko‘rish, soqovlik)ni bartaraf etish mumkin.

Слайд #12

Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarida odam shaxsi va xulqi rivojlanishida biologik omillarning rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi bixeviorizm, progmatizm, biogenetik oqimlar mavjud bo'lib, ularning ayrim vakillari (E.Torndayk) odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega bo'ladi, degan fikrni ilgari surishsa, ayrimlari ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o'tadi,- degan g‘oyani ma'qullaydilar. 

Слайд #13

Shaxsning rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining o'rni beqiyos. Buyuk insonlar o'z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay mehnat qilganlar. Inson o'z intilishi va faolligi bilan yuksak natijalarga erishishi mumkin, qobiliyat va iste'dodni ro‘yobga chiqarish uchun ham o'z ustida ishlanishi zarurdir.

Слайд #14

Masalan, buyuk iste'dod sohibi Muxtor Ashrafiy kunlardan bir kun shogirdinikiga tashrif buyuribdi. Shogirdi fortopiano oldida o‘tirib, kuy bastalayotgan ekan. Shogirdining rafiqasi ilhom parisi kelganda, turmush o‘rtog‘iga halal bermaslik uchun ustozga bir pas o‘tirib turishni maslahat beribdi. Bir necha daqiqadan so‘ng shogird Muxtor Ashrafiy yoniga peshvoz chiqibdi. Salomlashgach, Muxtor Ashrafiy shogirdiga qarata:”Men bugun kechasi bir kuy bastaladim. Marhamat, tinglab ko‘r, debdi va fortopiano yoniga kelib, bir necha daqiqa oldin yangragan kuyni ijro etibdi. Shogird hangu-mang bo‘libdi. Qanday qilib, ikki kishi bitta kuyni bastalashsa?! Biron nota ham o‘zgarmasa? Bunaqa sira bo‘lishi mumkin emas-ku?!,-deb hayron qolibdi. Shunda Muxtor Ashrafiy xandon urib kulibdiyu, hazillashayotganini aytibdi. Muxtor Ashrafiydagi buyuk iste'dod, xotirlash qobiliyatining kuchliligiga shogird tasanno aytibdi. Shunday qilib, mashhur musiqachi, bastakor Muxtor Ashrafiy o‘zining buyuk iste'dod egasi ekanligini namoyon qilgan ekan.

Слайд #15

Demak, qobiliyat tinimsiz mehnat va izlanish natijasida iste'dodga aylanishi, insonni kamolotga yetaklashi muqarrardir.
«Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi». Bola aynan turli faolliklar yordamida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi. Demak, tahsil oluvchilarning faoliyatlari passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Ya'ni, faoliyat-o'quvchi ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos faollik shaklidir. 

Слайд #16

O'quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham qamrab oladi. Bola shaxsining rivojlanishida harakatlar quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi:
-pereptiv-bunda o'quvchi ongida jismlar va hodisalar to'grisidagi yaxlit siymo (obraz) shakllanadi;
-mnemik faoliyat- narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi va bog'liq murakkab faoliyat turi;
-imajitiv faoliyat-(«imaje» -«obraz»)-ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda saqlashni taqozo etadi.

Слайд #17

O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish yuz bergan bo'lsa, bunday jarayon pedagogika va psixologiyada interiorizaiya deb nomlanadi, aksincha, aqlda shakllangan g'oyalarni bevosita tashqi harakatlarga yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi ksteriorizaiya deb yuritiladi.
Faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko'ra ham farqlanadi. Ayrim xatti- harakatlar boshida har bir harakatni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishini va bunga butun diqqat-e'tiborni, ongning yunalishini talab etadi. Lekin vaqt o'tgach, ongning ishtiroki kamayib, ko'pgina qismlar avtomatlashib boradi.

Слайд #18

Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy shaxs kamolotida faoliyatning mo'him o'rnini alohda qayd etib, uning turlarini bir necha bosqichlarga ajratadi va amalga oshirish usullari, vaqt va fazoviy ta'rifi, fiziologik mexanizmlari to'grisidagi g'oyani ilgari suradi. Bugungi kunda zamonaviy pedagogikada insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash masalalari ustida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu izlanishlar samarasi har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga mo‘ljallangan strategiyalardan iborat bo‘lib, shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri - bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, aqliy jihatdan rivojlanish, yoqtirgan kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ro'yobga chiqarishga mo‘ljallangan.