Читать

"Musiqiy idrok va uning o‘ziga xos xususiyatlari"

Cкачать презентацию: "Musiqiy idrok va uning o‘ziga xos xususiyatlari"

Вставить эту публикацию

Вставить код

    Ничего не найдено.
Click here to cancel reply.

Презентация по слайдам:


Слайд #1

Musiqiy idrok va uning o‘ziga xos xususiyatlari

Слайд #2


IDROK

Idrok – narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri orqali ongimizda etishidir.

Psixologiyada idrok predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik, anglangan bo‘lishi kabi o‘ziga xos jihatlarga ajratiladi.

Слайд #3

Sezgida predmetning alohida qismlari, idrokda predmetning barcha tarkibiy qismlari bir butunlikda his qilinadi. Masalan, musiqiy asarni eshitib, biz uning kuyi, ritmi, tembri, garmoniyasini alohida qabul qilmaymiz, aksincha, bu musiqani obrazli, umumlashgan holda yaxlitligicha anglab, idrok etamiz.

Слайд #4

«Musiqa ensiklopediyasi»da musiqiy idrok musiqaning inson tuyg‘ularida aynan muvofiq ravishda aks etishi va musiqiy materialni shaxsan idrok etish (persepsiya) hamda insonning musiqiy va hayotiy tajribalari (appersepsiya), bilimi, emosional kechinmalari va asar qiymatini birlashtirishga yo‘naltirilgan murakkab faoliyat ekanligi ko‘rsatilgan.
Qabul qilish jarayonida qaysi analizator ustunlik qilishiga qarab, idrokni tasniflab chiqish mumkin. Ko‘rish,eshitish, sezish, kinestetik (fazoviy, vaqtga bog‘liq), hid va ta’m bilish idroklari farqlanadi. Musiqa san’ati uchun hid va ta’m bilishdan boshqa hamma analizatorlar katta ahamiyatga ega. Eshitish idroki bo‘lishi o‘z-o‘zidan shart.

Слайд #5

Musiqa psixologiyasida ritm, tembr, lad, kuy, garmoniya, polifoniya, shakl, janr idroki masalalarini ko‘rib chiqish muhimdir. Musiqiy idrokning to‘laqonliligi musiqiy qobiliyatning (musiqiy bilim, ko‘nikmalar, malakalar) rivojlanganligi, shuningdek, yashab tarbiyalanayotgan shart-sharoitlar darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.

Слайд #6


MUSIQIY IDROKNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Nima uchun musiqani hamma eshitadiYu, lekin hamma ham idrok eta olmaydi?
Nima uchun evropalik tinglovchi SHarq musiqasini, sharq tinlovchisi Evropa musiqasini har doim to‘la tushunavermaydi?
Musiqiy idrokning to‘laqonliligi, musiqiy ifoda vositalarini tushunish imkoniyati, intensivlik va musiqiy kechinma turlari har bir odamda har xil bo‘lib, o‘z xususiyatlari, sababiga ega. Musiqa tarixi va amaliyotidan bir necha misol keltiramiz.

Слайд #7

XX asr boshlarida O‘zbekistonda yashab ijod etgan musiqachi, etnograf Avgust Eyxgorn shaharlik o‘zbeklarning qo‘shiqlari haqida, jumladan, shunday degan: «Ularning qo‘shiqlari ijrosini davomiy eshitish biz uchun yoqimsiz, bu narsa asabimizga tegadi» SHarq tinglovchilari tomonidan ham operadagi vokal ariyalar, romanslar haqida shunga o‘xshash fikrlar bildirilgan. Ular bu musiqani «qo‘pol va notabiiy» deb hisoblaydilar.




«Muzikal’naya fol’kloristika v Uzbеkistanе», T., 1963, s.98

Слайд #8

Musiqiy asarni to‘g‘ri va to‘la baholay oluvchi rivojlangan musiqiy eshitish qobiliyatiga ega kishilarda bunga qarama-qarshi fikrlar mavjud. Ikki jildlik «O‘zbek xalq qo‘shiqlari» to‘plamini yiqqan musiqashunos E.E.Romanovskayaga nazariyotchi va kompozitor B.V.Asaf’ev shunday xat yozgan: «Хozircha qo‘shiqlarni naridan-beri ko‘rib chiqdim, lekin bu ularning xuddi tirik gullarday musaffo va xushbo‘yligini his etishim uchun etarli bo‘ldi. Doimo hali «sayqal berilmagan» asl xalq ijodiga duch kelganimda menda shunday hissiyot paydo bo‘ladi» (...). Sahifa ortidan sahifani huzur qilib ko‘raman va eshitaman, ohang va naqshlar bezagidan hayajonga tushaman (...). Qo‘shiqda nafis harakatlar bisyor.

Слайд #9

Mazkur butunlay o‘ziga xos nafis ohangdorlik butun melosda sinchkov «texnik sinkopalash»dan Yuzaga kelsa kerak. Men melosning bu turini juda ham yoqtiraman. Afsus, tilni bilmayman. Ayting-chi, unda urg‘u alomati biror ohangda mavjudmi (ya’ni, ovoz urg‘usi vokalizasiyaga bog‘liqmi yoki gap davomiyliklar nisbatidami)? YOxud barcha sinkopalik musiqa cholg‘ularidan kelib chiqadimi? YOki bu qo‘llar nafisligi, Yuz ifodalari, gavda, butun tana, qadam tashlashning o‘ziga xosligi, oyoqlar o‘yini, ya’ni aslida raqsdan kelib chiqayotganmikin? Bunday nafis kuy asosida qanday balet qilish mumkin bo‘lardi-ajoyib! Bu plastikada ochiq hissiyotlarsiz qancha lirizm, qancha dilkash xayollar va tuyg‘ular iliqligi bor. Bilmadim, hammasi shundaymi yoki bu mening tasavvurlarimmi-lekin mening tirik qo‘shiqli ritm-kuy-plastikasi va maysa, gullar hamda asal kabi xushbo‘y talaffuz haqidagi taassurotlarim shunday (...). Siz o‘zingizning muvaffaqiyatli ishingiz bilan menga ko‘p quvonch keltirdingiz» .








Е.Е.Romanovskaya. Stat’i i dokladi. Zapisi muzikal’nogo fol’klora. / Sost. M.S.Kovbas (Maqola va ma’ruzalar. Musiqiy fol’klor yozuvlari / Tuzuvchi M.S.Kovbas). –T., 1957, s.25-26.

Слайд #10

Boshqa bir mashhur musiqashunos, kompozitor, pedagog X.S.Kushnaryov doira va nog‘ora usullari jarangi haqida shunday deydi: «²ar bir usul nafaqat ma’lum bir ohang, balki o‘ziga xos intonasiyasi bilan ham tavsiflanadi (balandlikka ko‘ra harakati bilan). Usul –ritm tomoni oldinga o‘ringa olib chiqilgan va etakchi, intonasion hamda muayyan tus berib turuvchi kuy» .



Х.S.Kushnaryovning 1943 yil ¡zbеkiston san’atshunoslik institutida qilgan ma’ruzasi. Matn saqlanib qolmagan. YU.Konning «Tonkost’ nablyudеniy, glubina vivodov» maqolasida iqtibos kеltirilgan, M., Sov. muzika, 4-son, 1969, s.66-68.

Кушнарёв, Христофор Степанович

Слайд #11









Evropa musiqasining SHarq tinglovchisi tomonidan tushunilishi va qabul qilinishi haqida mashhur o‘zbek shoiri Furqatning misoli e’tiborga molik. U 1890 yilda Toshkentdagi rus musiqa jamiyati konsertida qatnashgan va bu haqda «Nag‘ma va nag‘magar va aning cholg‘usi va ul nag‘ma ta’siri xususida» she’rini yozadi. Mazkur she’rda u fortepiano ijrosi haqida shunday yozadi:

O‘zimga tushdi bir kun ushbu ahvol,
bir qiz anda bahri hojot
Qilur nag‘ma tili bilan munojot.
²azin ovoz bilan yig‘lab xudog‘a,
Karam qilar der meni bag‘ri adog‘a.
Maqomini qilur har nav’ bunyod,
Gahi qattiq fig‘on, gah narmi faryod.
Gahi naydek chekar ohista nola,
Keltirur goh navo mashqin xayola.
Menga ul nag‘ma andog‘ qildi ta’sir,
Jigardin o‘tdi go‘yo tez par tiyr.
O‘shal dam bo‘ldi holotim digar dun,
To‘lub-toshdi Yurak monandi Jayhun.

Слайд #12

Tilar ko‘nglim tag‘i ul erga etsam,
O‘shal qizning munojotin eshitsam,
Etib ul nag‘madan jonimga rohat,
Zamoni o‘lturub topsam farog‘at.
Ki oning nag‘masi jismimda jondek,
YUrar ta’siri ham rang ichra kengdek.
Ayo Furqat, quloq sol zabt etib xush,
Ki shoyad naslimiz solgay debon gus .

Musiqiy ijrodagi ko‘povozlilik ham Furqat nazaridan chetda qolmagan. Xor ijrosini tasvirlay turib, u baland va past ovozlar bir paytning o‘zida yangrashini, musiqa cholg‘ulari haqida gapirganda musiqachilar birgalikda cholg‘ularda chalganda ularning har biridan «turli xil tovush» chiqishini ta’kidlab o‘tgan . So‘ngra Furqat yozadi:



Vizgo T.S. Razvitiе muzikal’nogo iskusstva Uzbеkistana i еgo svyazi s russkoy muzikoy (¡zbеkistonda musiqa san’atining rivojlanishi va uning rus musiqasi bilan aloqasi). -M.; Muzika, 1970, 70-71-bеt.

Слайд #13

Keltirilgan misollardan ko‘rishimiz mumkinki, tinglovchining musiqani qabul qilishida tafovutlar mavjud. Bir tomondan – musiqani qabul qilmaslik, tushunmaslik, boshqa tomondan esa – musiqiy idrokning teranligi va nozikligi. Musiqani qabul qilishdagi bu tafovutlar hayot, turmush, tarbiya, musiqiy qobiliyatlarning rivojlanganligi, musiqiy eshitish qobiliyati, musiqa san’atini tushunishga tayyorlik va bunga bo‘lgan xohish bilan bog‘liq bir qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ega.

Слайд #14

Nazaykinskiy E.V. «O psixologii muzo‘kal’nogo vospriyatiya» («Musiqani idrok qilish psixologiyasi haqida»)

E.V.Nazaykinskiyning bu ishida musiqiy idrok musiqashunoslik, musiqa nazariyasi va estetikasi (kuy, lad, ritm, faktura, janr, shakl, asarning tasviriy va konstruktiv jihatlarining o‘zaro munosabati, kompozitorlik va ijrochilik vositalarining uyg‘unligi) nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Bu o‘rinda xalq va professional, mumtoz va zamonaviy musiqaning eng yaxshi namunalari asosida tarbiya ko‘rgan tinglovchining badiiy-estetik idroki asos qilib olingan. Aynan mana shu, qat’iy qilib aytganda, musiqiy idrok hisoblanadi.

Слайд #15

Musiqashunoslik taraqqiyoti tarixi guvohlik berishicha (masalan, G.Riman va E.Kurt asarlari), psixologiya ma’lumotlariga, jumladan, musiqiy idrok psixologiyasiga asoslanish - musiqa qonuniyatlarini chuqur bilib olish, uning tabiati va o‘ziga xosligini o‘zlashtirish shartlaridan biridir. Biroq turli ilmiy tarmoqlar tutashgan masalalarni biladigan mutaxassislar barmoq bilan sanarli. Bu erda shunday vaziyat Yuzaga kelganki, yaqin kelajakda musiqa ta’limi va musiqa psixologiyasini birlashtiruvchi ko‘plab tadqiqotlar paydo bo‘lishini kutish qiyin.
Гео́рг Фри́дрих Бе́рнхард Ри́ман 

Слайд #16

Musiqashunoslik taraqqiyoti tarixi guvohlik berishicha (masalan, G.Riman va E.Kurt asarlari), psixologiya ma’lumotlariga, jumladan, musiqiy idrok psixologiyasiga asoslanish - musiqa qonuniyatlarini chuqur bilib olish, uning tabiati va o‘ziga xosligini o‘zlashtirish shartlaridan biridir. Biroq turli ilmiy tarmoqlar tutashgan masalalarni biladigan mutaxassislar barmoq bilan sanarli. Bu erda shunday vaziyat Yuzaga kelganki, yaqin kelajakda musiqa ta’limi va musiqa psixologiyasini birlashtiruvchi ko‘plab tadqiqotlar paydo bo‘lishini kutish qiyin. Bu yo‘ldagi izlanishlar uchun, bir tomondan, musiqachi-nazariyotchilar B.V.Asaf’ev, YU.N.TYulin, L.A.Mazellarning ishlari, ikkinchi tomondan, musiqa muammolariga murojaat etgan zamonaviy psixologiya fanining yirik namoyandalari L.S.Vigotskiy, B.M.Teplov, A.N.Leont’ev-larning tadqiqotlari yo‘naltiruvchi asos bo‘lib hisoblanadi.

Слайд #17

E.Nazaykinskiy asarida musiqiy eshitish qobiliyati fiziologik nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan. Bu quloq, markazga boruvchi va undan keluvchi nerv yo‘llari, bo‘g‘inlar, markaziy nerv tuzilmasidagi ma’lum bir qismlarni o‘zida qamrab oluvchi tizimdir. Motor o‘xshashlik va interiorizasiya (ichga o‘tish, motor harakatlarning qisqarib ichki, psixologik jihatlarga o‘tishi) nazariyalari, albatta, qabul qilish qonuniyatlarining rang-barangligini to‘la qamrab ololmaydi. Lekin ular qabul qilishning reflektorlik konsepsiyasini chuqurlashtiradi va boyitadi, perseptiv (idrok qilishga oid) vazifalar va harakatlar genizisining eng muhim jihatlarini ochib beradi, psixik aks etishning faolligini isbotlaydi.

Евге́ний Влади́мирович Наза́йкинский

Слайд #18

Musiqani idrok qilishda harakatlarning roli muhimligi, musiqiy eshitish qobiliyatining shakllanishida qo‘shiq aytishning muayyan ta’siri haqida guvohlik beruvchi dalillar musiqa amaliyotida anchadan buyon ma’lum. Tinglash tashqi shakllarining (qo‘shiq aytish, chalish, ritmik harakatlarda) «ichki eshitish» yashirin harakatiga o‘tish hodisasi ham ma’lum. Ular musiqa psixologiyasida o‘rganilgan. Bu dalillarning barchasi idrokning motor konsepsiyasi va interiorizasiya nazariyasi nuqtai nazaridan yangicha yoritilishi mumkin

Слайд #19

Idrok etish qonuniyatlari bo‘yicha izlanishlarda psixologik yo‘naltirish, maqsad qilib qo‘yish nazariyasi katta ahamiyat kasb etdi (D.N.Uznadze va boshqalar: «idrokni perseptiv maqsad boshqaradi»). G.N.Kechxuashvili musiqaning ladga asoslanib tuzilishini o‘rganish uchun Uznadze maktabi tomonidan ishlab chiqilgan maqsad qo‘yish psixologiyasi va tajribaviy metodikaning nazariy apparatini tatbiq etgan. V.V.Medushevskiy psixologik maqsad qo‘yish muammosini tinglovchiga nisbatan ko‘rib chiqqan.
Узнадзе, Дмитрий Николаевич

Слайд #20

Ilgarilovchi aks etish masalasida esa Anoxin, Bernshteyn, Sokolov, Feygenberg, El’konin va boshqalar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. B.V.Asaf’ev «Muzo‘kal’naya forma kak prosess» («Musiqiy shakl–jarayon sifatida») degan asarida tanib olish psixologiyasini YU.N.Rags ijroda musiqachining qabul qilishini, A.Mol’ – san’atshunoslikda axborot nazariyasini tadqiq etgan.

Слайд #21

Hayotiy tajribaning musiqiy idrokdagi o‘rni Musiqaning ta’sirchanlik tabiatini to‘la yoki uning alohida unsurlarini o‘rganish bevosita musiqiy idrok psixologiyasini va, birinchi navbatda, assosiativ va boshqalar uchun asos bo‘lib hisoblanadigan hayotiy tajriba muammosini o‘rganishga olib kelishi turgan gap. Kitob davomida quyidagilar yoritiladi:

II ocherk. Musiqiy idrokda fazoviy komponent.
III ocherk. Musiqiy ritmning tabiiy asoslari.
IV ocherk. Nutq va musiqada ohang.
V ocherk. Musiqiy idrok genezisi.

Слайд #22

Kitobda tinglovchi tajribasi tizimi sensor, motor-dinamik, ijtimoiy-kommunikativ tarkibiy qismlarga bo‘linadi, bu esa ma’lum ma’noda ocherklar ketma-ketligini ta’minlagan. Musiqiy idrokning makoniy qismlarini tahlil qilishda idrokning sensor tomonini aniqlash qulay bo‘lib chiqdi; musiqiy ritmning tabiiy asoslariga bag‘ishlangan ocherkda, tabiiyki, harakat tajribasining ahamiyati ajratib ko‘rsatilgan, «Nutq va musiqada ohang» mavzusi esa musiqaning kommunikativ (aloqa) qonuniyatlarini iloji boricha keng ko‘lamda ko‘rib chiqish imkonini beradi.

Слайд #23

Musiqiy-psixologik tadqiqotlarning galdagi vazifa-laridan biri, ehtimol, musiqiy idrokning rang-barang ijti-moiy muhim shakllarini o‘rganish bo‘lishi kerakdir (ijrochilar, bastakorlar, kompozitorlar, musiqashunoslar, shuningdek, boshqa san’at turlari vakillari tomonidan musiqaning qabul qilinishi).