Читать

"O’zbek xalq musiqa ijodining nazariy va amaliy tarixiy ahamiyati"

Cкачать презентацию: "O’zbek xalq musiqa ijodining nazariy va amaliy tarixiy ahamiyati"

Вставить эту публикацию

Вставить код

    Ничего не найдено.
Click here to cancel reply.

Презентация по слайдам:


Слайд #1

Министерство дошкольного образования
Республики Узбекистан 15 декабря 2021 года
г. Ташкент
O’zbek xalq musiqa ijodining nazariy va amaliy tarixiy ahamiyati

Слайд #2

Reja:

1. Ko’p asrlik an’anaviy musiqa ijodining serqatlamligi.
2. Mrosim, urf-odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bevosita bog’langan, fol’klor, xalq ijodi
3. O’zaki an’anadagi professional musiqa yo’llari.
4. Aanaviy musiqa ijodining tarixiy ko’rinishlari.

Слайд #3


Ko’p asrlik сning serqatlamligi. O‘zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an’anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo‘llari, shuningdek, folklor - havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko‘rinishlari bir-birini to‘ldirib keldi. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Слайд #4


Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, ma'naviy boyligimizga bo‘lgan e'tibor davlat miqyosiga ko‘tarildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ota-bobolarimizdan, ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy boyliklarni, jumladan, musiqiy madaniyatni avaylab asrash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan hamohang qadam tashlash borasida talaygina ishlar qilindi. Bu borada o‘tgan ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qoldirib ketgan ulkan ma'naviy boyligimiz asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Слайд #5

“Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish - halqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” mavzusida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning davlatimiz ziyolilari bilan uchirashuvida: madaniyatimiz va san'atimizni rivojlanish hamda bu boradagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, ayrim salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotidagi ta'sirini xolisona va tanqidiy baholab, o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish. Ijodiy uyushmalar, Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyatini chuqur tahlil etib, ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar jarayonidagi o‘rni va vazifasini oshirish deb ta’kidlab o’tdilar.

Слайд #6

Tarixdan ma'lum, ma'naviyatimizning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan musiqiy madaniyatimiz, an'anaviy qo‘shiqlarimiz, maqom ijrolari hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma'naviy ozuqa sifatida e'tirof etib kelingan. Xalq og‘ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo‘shiq va musiqa ularga hamroh bo‘lgan. Zero, bugungi muborak mustaqillikka erishgan kunimizda, o‘zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma'naviyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an’anaviy qo‘shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. An'anaviy musiqa va qo‘shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehr-oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan.

Слайд #7

Ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi san'ati milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog‘liq holda paydo bo‘lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan hisoblanadi. Ayniqsa, xalqimizning an’anaviy ruhdagi qo‘shiqlari o‘lmas meros bo‘lib, barcha davrlardagidek bugun ham «labbay» deb javob bermoqda. Lekin shu bilan bir qatorda faqat tarixga sajda qilmay, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo‘shiqlar yaratish esa milliy mafkuramizni rivojlantirishda bosh omillardan bo‘lmish musiqiy sanhat bilan shug‘ullanayotgan barcha mutaxassis va sanhatkorlarga muhim vazifa qilib qo‘yilishi tabiiydir. Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi hayotni boshlab yubordi. Odamlari­miz qalbi, tafakkuri va tasavvurida o‘zgarishlar paydo bo‘ldi.

Слайд #8

Musiqiy madaniyat o‘zining serqirraligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o‘zining chuqur ildizlari qadimgi davrlarga yetib boradigan o‘zbek xalqining boy musiqa merosi hozirgi kundalik hayotimizdan ham tushgani yo‘q. U xalq ijodining yuksak namunalari, folklor ijrochiligi, kuy tuzilishi, mazmunan rivojlangan cholg‘u va ashula asarlari, dostonlar ijrochiligi hamda murakkab ijrochilik turkumi atalmish maqom musiqasini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, xalq musiqiy madaniyatida o‘zlarining barcha davrlarda sezilarli hissalarini qo‘shib kelayotgan xalq bastakorlarining ijodi ham salmoqli o‘rin tutadi.

Слайд #9

Marosim, urf-odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bevosita bog’langan, fol’klor, xalq ijodi.
Urf-odat, marosim va bayramlar tarkibiga mehmondo‘stlik an'analari, axloq-odob bilan bog‘liq urf-odatlar, farzand tarbiyasi bilan bog‘liq marosimlar, beshik to‘yi, ism qo‘yish marosimi, sunnat to‘yi, sovchilikka borish, kelin salom, milliy va mahalliy miqyosda o‘tkaziladigan sayllar, hasharlar, tomoshalar, bayramlar va boshqalarni kiritish mumkin.

Слайд #10

MAROSIM inson hayotida muhim hodisalar sodir bo‘lganida vujudga keladi va kishilar hayotidagi eng muhim voqyealarni (masalan, tug‘ilish, uylanish, o‘lim) qayd etadi, rasmiylashtiradi. O‘zbek oilalarida yosh oilalarni tarbiyalash uchun o‘ziga xos ma'naviy “zina” sifatida xizmat etadigan, chaqaloq tug‘ilgandan, to ulg‘ayib, yangi oila qurgungacha bo‘lgan hayotiy muhim voqyealarni qayd qiladigan marosimlar tizimi (“Chaqaloq dunyoga kelishi”, “Ism berish”, “Chaqaloq chilla”, “Beshik to‘y”, “Soch to‘y”, “Tish to‘y”, Birinchi qadam”, “Sunnat to‘y”, “Muchal yosh”, “Nikoh to‘y” kabilar) vujudga kelgan.

Слайд #11

BESHIK TO‘YI - o‘zbeklar oilasida to‘ng‘ich farzand tug‘ilishi sharafiga o‘tkaziladigan tantanali marosim hisoblanadi. Bu udum O‘zbekiston viloyatlarida o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Beshik bilan bog‘liq turli xil urf-odatlar bor. Masalan, beshikni hyech qachon ikki kishi ikki tomonidan ko‘tarmaydi, uni faqat bir kishi ko‘tarishi lozim. Beshik doimo toza joyda saqlanadi. Undan foydalanilmaganda ham asbob-anjomlari bilan yig‘ib toza joyga qo‘yib qo‘yiladi. Oilada tug‘ilgan keyingi farzandlarning hammasi ana shu beshikdan foydalanadi, ya'ni oilada tug‘ilgan keyingi farzandga boshqa yangi beshik olinmaydi.
Chaqaloqning yaqinlari davrasida beshikka solish xalq tilida “beshik to‘yi” marosimi ham deyiladi. Bu udum O‘zbekistonning turli hududlarda turlicha tartibda o‘tkaziladi. Odatda beshik to‘ng‘ich farzandga qizning ota-onasi tomonidan beriladi. Marosim oilaviy marosim shaklida o‘tkaziladi.Unda kelin va kuyov tomonning eng yaqin qarindoshlari qatnashadi va yoshi ulug‘ momolar yosh onaga bolani beshikka solish (belash) tartibini o‘rgatishadi.

Слайд #12

Boychechak marosimi – turkiy xalqlarda ko‘klam kelishi bilan bahorning ilk guli – boychechak chiqqanligi munosabati bilan o‘tkaziladi. Bahor bilan bog‘liq «Lola», «Gul» kabi ko‘plab sayillarning ibtidosida «Boychechak» marosimi turadi. Boychechak sayli qish qahratonidan omon chiqqan xalqning shukronalik bayrami hamdir. Qadimda bu marosim qish va ko‘klamning kurashini ifodalagan. Bunday marosim va bayramlar tog‘ bag‘rida, qir-adirlarda, bog‘larda o‘tkazilgan. Marosim yerli xalq hayotida muhim sanalgan va unga maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan. Boychechak sayli dastlab kattalar va bolalar ishtirokida o‘tkazilgan. Hozirgi kunda faqat bolalar tomonidan nishonlanadi. Bolalar guruh-guruh bo‘lib qishloq yaqinidagi qir-adirlardan boychechak terib kelishadi. Bunda guruhlar o‘rtasida raqobat ham kechishi mumkin. Qaysi guruh qishloqqa birinchi bo‘lib boychechak keltirsa eng ko‘p sovg‘a-salomlar ularga beriladi.

Слайд #13

BESHIK TO‘YI - o‘zbeklar oilasida to‘ng‘ich farzand tug‘ilishi sharafiga o‘tkaziladigan tantanali marosim hisoblanadi. Bu udum O‘zbekiston viloyatlarida o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Beshik bilan bog‘liq turli xil urf-odatlar bor. Masalan, beshikni hyech qachon ikki kishi ikki tomonidan ko‘tarmaydi, uni faqat bir kishi ko‘tarishi lozim. Beshik doimo toza joyda saqlanadi. Undan foydalanilmaganda ham asbob-anjomlari bilan yig‘ib toza joyga qo‘yib qo‘yiladi. Oilada tug‘ilgan keyingi farzandlarning hammasi ana shu beshikdan foydalanadi, ya'ni oilada tug‘ilgan keyingi farzandga boshqa yangi beshik olinmaydi.
Chaqaloqning yaqinlari davrasida beshikka solish xalq tilida “beshik to‘yi” marosimi ham deyiladi. Bu udum O‘zbekistonning turli hududlarda turlicha tartibda o‘tkaziladi. Odatda beshik to‘ng‘ich farzandga qizning ota-onasi tomonidan beriladi. Marosim oilaviy marosim shaklida o‘tkaziladi.Unda kelin va kuyov tomonning eng yaqin qarindoshlari qatnashadi va yoshi ulug‘ momolar yosh onaga bolani beshikka solish (belash) tartibini o‘rgatishadi.