Читать

"Metallmaslar mavzusida amaliyotga yo‘naltirilgan va fanlararo bog‘liqlikka doir masalalar yechish"

Cкачать презентацию: "Metallmaslar mavzusida amaliyotga yo‘naltirilgan va fanlararo bog‘liqlikka doir masalalar yechish"

    Ничего не найдено.
Click here to cancel reply.

Презентация по слайдам:


Слайд #1

KIMYO
8 - sinf
Mavzu: “METALLMASLAR MAVZUSIDA AMALIYOTGA YO‘NALTIRILGAN VA FANLARARO BOG‘LIQLIKKA DOIR MASALALAR YECHISH”

TAYYORLADI: JIZZAX VILOYATI G‘ALLAOROL TUMANI
44-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI KIMYO FANI O‘QITUVCHISI ATAMURATOVA NILUFAR ABDURASULOVNA

Слайд #2

1 - SAVOL
Alyuminiy metallining metallmaslar bilan reaksiyasi.

Probirkaga 20gr bromli suvdan quyamiz, uning ustiga 1,5gr alyuminiy folgasini solamiz. Jarayonni kuzatamiz. Bu jarayonda qanday moddadan, necha gr hosil bo‘lganligini nazariy hisoblang. Reaksiya tenglamasini yozing.


Слайд #3

JAVOB

Javob: Reaksiya natijasida yonish hodisasi kuzatiladi. Qo‘ng‘ir rangli tutun hosil bo‘ladi.
1,5gr--------------x gr
2Al + 3Br2= 2AlBr3
54gr-------------534gr x=14,8gr

Слайд #4

2- SAVOL
Suv yordamida olov hosil qilish mumkinmi? Buning uchun probirkaga 10ml suv quyamiz va fenolftalein eritmasi tomizamiz. Shu suvga oksid pardasidan tozalangan Na metali solamiz va reaksiyani kuzatamiz. Reaksiya portlash bilan boradi.
Diqqat savol: Reaksiyadagi olov va portlash qanday sodir bo‘ldi? Nega eritma rangi qizarib qoldi?

Слайд #5

JAVOB
Na metali suv bilan reaksiyaga kirishib vodorod gazini hosil qiladi. Vodorod esa havodagi kislorod bilan darhol portlab reaksiyaga kirishib ketadi. Eritmada Na ishqori hosil bo‘ladi u fenolftaleinda qizil rangga kiradi.

Слайд #6

3-SAVOL
XOTIRA MASHQI
(Berilgan moddalarning ekvivalent massalarini davriy sistemadan foydalanmagan holatda hisoblang)
 
CaCO3 ______________________

NaOH _______________
 
HCl __________________

Mg(OH)2 __________________

K2SO4 _______________________
 
Al2O3 _______________________

Слайд #7

4-SAVOL
Probirkaga 20g yod kristallari solamiz. Uni quruq yoqilg‘i yordamida qizdiramiz. Siyohrang bug‘ hosil bo‘ladi. Oz muddatdan so‘ng bug‘ yana yod kristaliga aylanib qoladi. Bu jarayon kimyoda qanday ataladi va probirka devorlarida necha gramm yod kristallari hosil bo‘ladi?

Слайд #8

JAVOB
Bu jarayon sublimatsiya deyiladi.
Qayta hosil bo‘lgan yod kristallari elektron tarozi yordamida o‘lchab aniqlanadi.

Слайд #9

5-SAVOL
“Gugurtsiz olov” tajribasi.
Buning uchun quyidagi tajribani bajaramiz: 40 g kaliy permanganatni chinni kosachaga solamiz va uni quruq yoqilg‘i yordamida qizdiramiz. Quruq yoqilg‘ini o‘chiramiz. Shisha tayoqchani glitseringa botirib KMnO4 ga tekkizamiz. Binafsharang olov hosil bo‘ladi.
Diqqat savol: Olovning hosil bo‘lish sirini izohlab bering, reaksiya natijasida qancha miqdor gaz ajralib chiqqan?

Слайд #10

JAVOB
Olov KMnO4 ning parchalanib toza kislorod hosil qilishidan paydo bo‘ladi. Glitserin toza kislorodda yonadi.
79 g --------------------------- x mol
2KMnO4 → K2MnO4 + MnO2 + O2↑
316 g -------------------------- 1 mol
x = 0,25 mol O2 hosil bo‘lgan

Слайд #11

6-SAVOL
Tish pastasining tarkibini bilasizmi?

Qani, tajriba qilib ko‘raylikchi! Chinni kosachaga 25 g tish pastasidan solinadi. Unga HCl eritmasidan tomizilsa, u ko‘pirib ketadi.

Diqqat savol: Reaksiyada qanday gaz qancha hajmda ajralyapti? Reaksiya tenglamasini yozing.

Слайд #12

JAVOB

Reaksiyada CO2 gazi ajralayapti. Chunki tish pastasi tarkibida CaCO3 bo‘lib, u kislota bilan reaksiyaga kirishadi va CO2 gazini hosil qiladi.

25 g -----------------------------------x litr
CaCO3 + 2HCl → CaCl2 + H2O + CO2
100 g ----------------------------------- 22,4 litr x = 5,6 litr

Слайд #13

7-SAVOL
KROSSVORD




Слайд #14

JAVOB

Слайд #15

8-SAVOL
Laboratoriyada qaymoq hosil qilish mumkinmi?
Bu mo‘jiza shunday sodir bo‘ladi. Kolbaga sizga noma’lum tuzning 46,6 g eritmasi solinadi. Ustiga sulfat kislota tomiziladi. Reaksiya natijasida “oq qaymoq” hosil bo‘ladi.
Diqqat savol: Bu tajribada qaysi tuz eritmasidan foydalanildi va reaksiya natijasida necha gramm cho‘kma hosil bo‘ldi?

Слайд #16

JAVOB
Bu tajribada bariy xlorid tuzi eritmasi ishlatildi. Bariy xlorid sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib bariy sulfat cho‘kmasini hosil qiladi.
46,6 g ------------------------- x g
BaCl2+H2SO4→2HCl+BaSO4↓ oq cho’kma
208 g ------------------------- 233 g
x = 52,2 g

Слайд #17

9-SAVOL
“Shar shishirish” tajribasi.
Buning uchun oddiy sharga 2 osh qoshiq ichimlik sodasi solinadi. Yelim idishga 100 ml sirka kislota solib, uni og‘ziga shar kiygiziladi va shar ichidagi soda sirka kislota ustiga to‘kiladi. Natijada gaz ajraladi. Gaz esa sharni shishiradi.
Diqqat savol: Shar qanday gaz hisobiga shishib ketdi? Ajralgan gazning havoga nisbatan zichligini toping?

Слайд #18

JAVOB
Shar CO2 gazi hisobiga shishib ketdi. Chunki reaksiyada aynan shu gaz ajralgan.

44 g/mol
D = ---------------- = 1,5
29 g/mol

Demak, CO2 gazining havoga nisbatan zichligi 1,5 ga teng.

Слайд #19

10-SAVOL
Mo‘jizali tajribalarimiz davom etadi!

Kalsiy glyukonat tabletkasini hammamiz bilamiz. Bu tabletkaning 6 donasini olovga tutsak, juda g‘aroyib hodisa sodir bo‘ladi. Tajribani kuzatamiz va uni nimaga o‘xshashini hisobga olib, tajriba nomini toping.

Слайд #20

JAVOB
“Ilon” tajribasi.

Слайд #21

11-SAVOL
1. Tarqalgan joyi uning
Havo, qum va tuproqdir
Suvda massa ulushi
Barchasidan ko‘proqdir. (_______________)
 
2. Holatidir gazsimon
Rangsiz ta’msiz va hidsiz
Havoda unda makon
Uning nomi yaroqsiz (_____________)

Слайд #22

“KIM CHAQQON?”

Quyida berilgan modda molekulalarining shar sterjenli yig‘ma modelini tayyorlang.
 
H2SO4 
P2O5
CaCO3
Ba(OH)2

 
 
 
 

Слайд #23

JAVOB

Слайд #24

Foydalanilgan adabiyotlar
I.R.Asqarov, N.X.To‘xtaboyev, K.G‘.G‘opirov “Kimyo 9-sinf darsligi” 2019
T. Do‘stmurodov, A. Aloviddinov “Qiziqarli kimyo” Toshkent 2005
“Химия” Энциклопедия 2014г.
Internet resurslari, GOOGLE va Wikipediya