XOTIRA MATNLARINING FUNKSIONAL-USLUBIY XUSUSIYATLARI
Читать

XOTIRA MATNLARINING FUNKSIONAL-USLUBIY XUSUSIYATLARI

Cкачать презентацию: XOTIRA MATNLARINING FUNKSIONAL-USLUBIY XUSUSIYATLARI

Вставить эту публикацию

Вставить код

    Ничего не найдено.
Click here to cancel reply.

Презентация по слайдам:


Слайд #1

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRATUTA BO‘LIMI
LINGVISTIKA: O‘ZBEK TILI MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI XOLMATOV MARDONJON SHERALI O‘G‘LI

XOTIRA MATNLARINING FUNKSIONAL-USLUBIY XUSUSIYATLARI
magistr akademik darajasini olish uchun tayyorlangan

D I S S E R T A T S I Y A

Ilmiy rahbar: I.T.Hojaliyev,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Слайд #2



Reja:
KIRISHI
I BOB. XOTIRA MATNLARI VA ULARNING SEMANTIK-STRUKTUR BELGILARI
1.1 Matn va uning o‘rganilishi
1.2 Xotira matni tushunchasi va semantik-strukturasi
II BOB. XOTIRA MATNLARINING TIPALOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Xotira matnlarining tipalogik bo‘linishlari
2.2 Xotira matnlarining sintaktik xususiyatlari
III BOB. XOTIRA MATNLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI
3.1 Xotira matnlarining funksional-uslubiy belgilari
3.2 Xotira matnlarining kognitiv va lingvomadaniy belgilari
UMUMIY XULOSALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Слайд #3




DISSERTATSIYASI MAVZUSINING DOLZARBLIGI VA ZARURATI:
Dunyoda hozirgi kunda lingvistika sohasida tilning funksional-uslubiy aspektda keng miqyosida o‘rganish tez sur’atda rivojlanib borayotgan tarmoqlardan hisoblanib kelmoqda. Bundan tashqari, jahon filologlari til birliklarining turli funksional-uslublar sathida qo‘llanshini tadqiq etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Hozirgi kunda matnni o‘rganish alohida sohaga aylanib, matn tilini ahamiyati oshib borgani sari, uni chuqur o‘rganish talabi ham oshmoqda. Jahon tilshunosligida matnlar, aniqrog‘i, xotira matnini lingvistik tahlil qilishga funksional yondashuv asosida til birliklarining ma’no(sematika)si va shakl(struktura)i, ularning matn va jumalalarni hosil qilishdagi vazifasidan kelib chiqib o‘rganiladi. Ushbu funksiyani bajarishda til birligining semantikasi va shakli uni matnini vujudga keltiruvchi vositaga aylanadi. Tilshunoslikda ham so‘z turkumlari va ularning ma’noviy guruhlaring funksional uslublar doirasida qo‘llanishi tahlili alohida ahamiyat kasb etsa-da, bu borada maxsus tadqiqotlar amalga oshirish dolzarb hisoblanadi.

Слайд #4







Muammoning o‘rganilganlik darajasi
1.
Jahon tilshunosligida
Vinogradov V.V., Yefimov A.I., Kojina M.N., Azimov P., Balakayev M., Baskakov N.A., Gorelov V.I., Kurbatov X., Xovanskaya V.I.
2.
O‘zbek tilshunosligida
G‘. Abdurahmonov, I. Qo‘chqortoyev, B. O‘rinboyeva, M.Mukarramova, D. Boboxonov, T. Qurbonov, S. Karimov

Слайд #5

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.
- Xotira matni tushunchasi va semantik-strukturasi ochib berish;
- Xotira matnlarining tipologik xususiyatlari va bo‘linishlari aniqlash;
- Xotira matn sintaktik vositalarining imkoniyatlarini ochib berish;
- Xotira matnlarining funksional-uslubiy belgilarini aniqlash;
- Xotira matnlarining kognitiv va lingvomadaniy belgilarini ko‘rsatib berish.

Слайд #6

I. XOTIRA MATNLARI VA ULARNING SEMANTIK-STRUKTUR BELGILARI.
1.1 Matn va uning o‘rganilishi.
Jahon tilshunosligida matni o‘rganilishi o‘tgan asrda jadal sur’at bilan rivojlandi. Xususan, rus tilshunosligida «matn lingvistikasi» XX asrning 40-yillariga to‘g‘ri keladi. 1947-yilda A.I.Belich o‘zining tilshunoslik fanlarining tasnifiga bag‘ishlangan maqolasida til faktlarining grammatik tavsifida ma’no umumiyligi asosida bog‘langan va muayyan sintaktik-semantik yaxlitlik tarzida namoyon bo‘ladigan gaplarning butun zanjiriga alohida o‘rin berilishi lozimligi va bu “matn” tushunchasining yuzaga kelish uchun hal qiluvchi ahamiyatga molik ekanligiga e’tiborni qaratgan, ana shunday gaplar zanjiridagi o‘zaro munosabat va aloqalarini tilshunoslikning sintaksis bo‘limida o‘rganish maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.

Слайд #7



Matn nazariyasi, matn tilshunosligining umumiy rivojlanishida Chex (Praga lingvistik to‘garage vakllari), nemis, fransuz, ingliz, Amerika, golland, polyak va boshqa lingvistik maktablarining xizmatlari dunyo tilshunosligida e’tirof etilgan va doimiy ravishda ilmiy tadqiqot ishlarida tilga olinib kelingan. Bundan tashqari rus tilshunosligida V.V. Odinsov, I. R. Galperin, O. I. Moskalskaya, L. M. Loseva, Y.M Lotman, Z.Ya. Turayeva, N. D. Zarubina, E.V. Sidorov, O.L. Kamenskay, A.I. Gorshkov, N. S. Valgina kabi ko‘pgina tilshunos olimlarning xizmatlari alohida e’tiborga loyiq

Слайд #8



Turkiyshunoslikda matn masalasi birinchi marta o‘tgan asrning 70- yillarining boshlarida taniqli tatar tilshunos olimi M. Zakiyev tomonidan o‘rtaga qo‘yilgan. O‘zbek tilshunosligida birinchi bo‘lib akademik G‘. Abdurahmonov 1980-yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan sobiq Ittifoq turkiyshunoslarining III konferensiyasida matn nazariyasiga bag‘ishlangan ma’ruza qilib, muammoning mohiyati va yechimlari haqida o‘z fikrlarini bildirgan, bir qancha matn turlarini ajratib ko‘rsatgan edi. Shuningdek buyuk tilshunos olim A. G‘ulomov ham matnning mohiyati bo‘yicha o‘zining qimmatli fikrlarini bayon qilgandi. Keyingi davr o‘zbek tilshunosligida A. Mamajonov, M.To‘xsonov, M. Abdupattoyev, N. Turniyozov, M. Xakimov kabi olimlarning ishlarini alohida qayd etish mumkin

Слайд #9



1.2 XOTIRA MATNI TUSHUNCHASI VA SEMANTIK-STRUKTURASI
“Xotira” tushunchasiga falsafiy jihatdan akademik N.Moiseyev juda yaxshi ta’rif bergan. Uning fikricha: “xotira” – “bir avlodga oid ma’lumotlarni kelajak uchun yozib olish, saqlash va uzatish tizimidir”.
Xotira matn –idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash uchun yozilgan matn.

Слайд #10



XOTIRA MATNLARIDAGI POLISEMANTIK SO‘ZLARNING SEMANTIK-STRUKTURASI
Polisemiyani ikki belgiga ko‘ra guruhlanadi:
1) hosila ma’noni bosh ma’no bilan munosabatiga ko‘ra;
2) ma’nolarning oppozitsiyasiga ko‘ra;

Слайд #11




1. Hosila ma’nolarning bosh ma’no bilan munosabatiga ko‘ra tilshunoslikda polisemiyaning 3 ta turi ajratiladi:
radial;
zanjirsimon;
radial-zanjirsimon.
2. Polisemantik leksema ma’nolarining oppozisiyasiga ko‘ra polisemiyaning quyidagi turlari ajratiladi:
assosiativ polisemiya;
assosiativ-mazmuniy polisemiya

Слайд #12




O‘zbek tilida quloq so‘zi ham polisemantik so‘z hisoblanib, hosila ma’no bosh ma’nodan bevosita kelib chiqqan. Ushbu so‘zga 2006-yilda jamlangan 5 tomlik O‘zbek tili izohli lug‘atidagi izohlar asosida xotira matnlaridagi misollar orqali tahlil qilamiz:
QULOQ 1 Odam hamda umurtqali hayvonlarning eshitish hamda muvozanat a’zosi va uning tashqi qismi.
«…Kichkina, tirnoqcha keladigan tilla halqani dadam Maskavdan olib keltirgan edi. Qolgan yakka isirg‘ani qulog‘imdan olar ekanman, shunday nafis bir bezakning yo‘qolganiga ham, uydagilarning gap-so‘zlariga ham e’tibor bermadim». Ushbu gapda quloq so‘zi sematik-struktur jihatdan denotativ ma’noda qo‘llanilib insonning eshitish a’zosi ifodalangan. Bu gapdagi ma’no bosh ma’no hisoblanib qolgan ko‘chma ma’nolarni hosil qilishga asos vazifasini bajaradi.
(Саидносирова З. Ойбегим менинг. — Toshkent.: «Шарк», 2005. 63-б)

Слайд #13



QULOQ 2 Ba’zi narsalarning ushlash, ilib qo‘yish yoki mahkamlash uchun xizmat qiladigan qismi.
«— Shoshma, Musa, hozir Markazqo‘mga, Niyozovga telefon qilaman, — dedi-da, telefonning qulog‘ini ko‘tarib, raqamlarni tera boshladi.
Niyozov joyida yo‘q edi.
— Ha, mayli, so‘ngroq qo‘ng‘iroq qilaman, — dedi u». Ushbu gapda qo‘llanilga quloq so‘zi telefonni ushlash, ilib qo‘yish ma’nolarida qo‘llanilgan bu gapda ma’no ko‘chishining metafora usuli yuzagan kelgan. Hosila ma’nolarning bosh ma’no bilan munosabatiga ko‘ra zanjirsimon (yelpig‘ichsimon) polisemiyani yuzaga keltirgan.

(Саидносирова З. Ойбегим менинг. — Toshkent.: «Шарк», 2005. 222-б)

Слайд #14




Yuqoridagi ma’nolardan tashqari quloq so‘zi 2006-yilda jamlangan 5 tomlik O‘zbek tili izohli lug‘atida 6 xil ma’noga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bular quyidagilar: QULOQ 3. Bosh kiyimlarning quloqlarni va iyakni yopib, issiq tutib turish uchun tushirib qo‘yiladigan uzun qismi. QULOQ 4. Ba’zi mexanizm va musiqa asboblarining burab ishga tushirish yoki sozlash uchun xizmat qiladigan qismi. QULOQ 5. Avtomobil, traktor va sh. k. mashinalarni boshqarish uchun xizmat qiladigan qurilmasi; rul. QULOQ 6. O‘simlikning barg yoki nihol yozadigan yeri; dastlabki niholcha, bargcha. Bulardan shuni anglash mumkinki, quloq leksemasi bosh(denotativ) ma’nosidan bevosita metafora asosida ko‘chma (konnotativ) ma’no ajralib chiqqan. Quloq leksemasi hosila ma’noni bosh ma’no bilan munosabatiga ko‘ra zanjirsimon bog‘langan.

Слайд #15

Ya’ni quyidagi ko‘rinishda:
QULOQ 1
QULOQ 2
QULOQ 3
QULOQ 4
QULOQ 5
QULOQ 6

Слайд #16



Zanjirsimon bog‘lanishda konnotativ ma’no birin-ketin bog‘lanish hosil qiladi bu esa ko‘rinish (sxema) jihatdan zanjirni eslatib yuboradi. Bu ko‘rinishda birinchi quloq leksemasi qolgan ko‘chma ma’nolarga bevosita bog‘lanadi. Aksincha, qolgan ko‘chma ma’nolar bir-biriga bilvosita bog‘lanadi. Ushbu bog‘lanishlar zanjirsimon (yelpig‘ichsimon) deb yuritiladi.
Hosila ma’noni bosh ma’no bilan munosabatiga ko‘ra radikal bog‘lanishi quyidagi polisemantik bahor so‘zi orqali ifodalanishiga ahamiyat bersak. Ushbu so‘zga 2006-yilda jamlangan 5 tomlik O‘zbek tili izohli lug‘atidagi izohlar asosida xotira matnlaridagi misollar orqali tahlil qilamiz:


Слайд #17




BAHOR 1 Yildagi to‘rt faslning biri, qishdan keyingi, yozdan oldingi fasl; ko‘klam (yilning mart, aprel, may oylariga to‘g‘ri keladi).
«1954-yilning bahorida Matlab bizning davramizdagilar orasida birinchi bo‘lib nomzodlik dissertasiyasini yoqladi va fizika-matematika fanlari sohasidagi eng yosh fan nomzodi bo‘ldi». Ushbu gapda qo‘llanilgan bahor leksemasi semantik jihatdan bosh ma’no ya’ni to‘rt faslning biri, qishdan keyingi, yozdan oldingi fasl, ko‘klamni ifodalangan.
BAHOR 2 ko‘chma Har narsaning (umrning, hayotning) yashnagan, kamolga yetgan payti, shunday chog‘lar ramzi.
Yosh ko‘ngillar sho‘xlik qilsa yarashar,
Toyelardaga buloq, kabi sho‘x, shod bul!
Sho‘x ruhlarda hayot qaynar, ishq toshar,
Bahoringni xarob qilmas alam, do‘l.
Ushbu gapda qo‘llanilgan bahor so‘zi semantik jihatdan ko‘chma ma’noda qo‘llanilgan. She’rdagi bahor so‘zi bosh ma’nosidan metafora orqali hosila ma’no kelib chiqqan. Ya’ni hosila ma’no umrning yashnagan davri, kamolga yetgan paytini ifodalagan.

Слайд #18




Bundan tashqari bahor leksemasi izohli lug‘atda quydagi ma’nolarda qo‘llanilishi qayt etilgan. BAHOR 3 ko‘chma Quvonch, shodlik, baxt. BAHOR 4 ko‘chma Sevgi, muhabbat; umid. BAHOR 5 ko‘chma Sevgili, ma’shuqa, go‘zal yor. BAHOR 6 Bahor (xotin-qizlar ismi). Bu so‘zlarda birinchi hosila ma’no ikkinchi hosila ma’noga nisbiy bosh ma’no hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bahor leksemaning bosh ma’nosi o‘zining qolgan hosila ma’nosiga nisbatan hosila ma’noni bosh ma’no bilan munosabatiga ko‘ra radial va radial-zanjirsimon usulda bog‘langan.

Слайд #19




Polisemantik leksema ma’nolarining oppozisiyasiga ko‘ra polisemiyaning quyidagi turlarini (assosiativ polisemiya va assosiativ-mazmuniy polisemiya) xotira matnlaridagi ko‘p ma’noli so‘zlar orqali yoritib beramiz. Demak, assosiativ polisemiya - ma’no jihatda bosh ma’no qolgan hosila ma’nolarga ancha uzoq semantik strukturaga ega bo‘ladi. Buni lab, tish, qanot, oyoq kabi polisemantik so‘zlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Masalan, lab so‘zi 2006-yilda jamlangan 5 tomlik O‘zbek tili izohli lug‘atida quyidagicha ta’riflangan va biz misollarni xotira matnlari orqali izohladik:

Слайд #20




LAB 1 Og‘iz bo‘shlig‘ining kirish qismini chegaralab turadigan harakatchan teri burmasi. «Temur Fattohning mashina avariyasida labi, peshonasi chandiq bo‘lib qolgan, uning ustiga, boshida sochi ham qolmagandi».
LAB 2 Qirg‘oq, yoqa, chet. «Har bitta donasi kurka tovuqning tuxumidek keladigan Oltiariqning husayni uzumini yemabsiz, dunyoga kelmabsiz. Paykallarda yastanib yotgan, sovliq qo‘ydek keladigan, yakka o‘g‘ri eplab olib ketolmaydigan oq qovunlarini, labidan sharbat tomib turgan, gijda nondek qahrabo anjirlarini, har biri choynakdek keladigan yoqut donalari ichidan turtib po‘stini yorvoradigan anorlaridan tatib ko‘rmagan odam, shisha bankaga qamalgan kompotni ichib, oh-oh, deb yuraversin». Yuqoridagi polisemiyada ma’nolar o‘zaro bir-biridan uncha farq qilmagan va ulardagi hosila ma’no yuzaga kelishi uchun qo‘shimcha kontekst kerak bo‘ladi. Demak, assosiativ polisemiya leksik ma’no bir-biridan ifoda va ma’no jihatdan uzoq bo‘lmasligi lozim.
(Саид Аҳмад. Йўқотганларим ва топганларим. — Toshkent.: “Sanostandart” нашриёти, 2014. Хотиралар. Адабий ўйлар. 81-б, 296-б)


Слайд #21



Evfemizm va disfemizm. Tilshunoslikda so‘zning semantikkasi bilan bog‘liq hodisalar qaroriga evfemizm va disfemizm hodisasi ham kiritilgan. Bu hodisalarga so‘zga yuklangan hosila ma’no deb qaralgan. Shuning uchun evfemizm va disfemizm hodisalari semasiologiyaning o‘rganish obyekti sifadida qaraladi.

Слайд #22



Evfemizm hodisasi so‘z yoki iboraning hosila ma’no yuzaga keltirish bilan bo‘liq holda voqealanadi. Shunday ekan, u so‘z leksika ma’nosi hosila berish qonuniyatlari bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Evfemizmda leksik ma’noning hosila ma’nosi besh xil ko‘rinishda: metafora, metonimiya, sinekdoxa, funksiyadoshlik(vazifadoshlik) va tobelilik deb atalgan. Yuqoridagilar fikrlarga kelib chiqib ishni xotira matnlaridagi evfemistik so‘zlarni semantik-strukturasi ochishdan boshlaymiz.

Слайд #23



Evfemik ma’no hosil bo‘lishida metaforaning o‘rni katta ahamiyatga ega. Masalan, er-xotinlik munosabatida turmush er yoki xotin bir-birini o‘rtog‘im deyish ham evfemik metaforaga misol bo‘ladi. Quygagi matni fikrimizga misol bo‘la oladi.
«Men dorilfunundan bir umrlik turmush o‘rtog‘imni topdim. Besh yillik talabalik yillarida esa aka-uka Mahamad va Matlab Vohidovlar, astronom Abdusalom Latipov, faylasuf Erkin Yusupov va Muzaffar Xayrullayev kabi qadrdon do‘stlar ham orttirdim». Ushbu gapdagi hosila ma’no referenti metafora hosil qiluvchi ma’no bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan. Chunki uni atovchi shaxs er va o‘rtoq atamalarini o‘zaro o‘xshash hisoblagan.

Слайд #24




Ko‘chimning yana bir turi metonimiyada ham evfemistik ma’no vujudga keladi. Quyidagi misolga ahamiyat qaratsak: «…Zikriyo aka avji qirchillama yoshida o‘pka kasaliga duchor bo‘ldi. Afsuski, tibbiyot o‘sha kezlarda bu xastalikni davolash yo‘lini o‘rganib olganicha yo‘q edi». Ushbu gapda sil va o‘pka so‘zlari ma’nosi referenti o‘zaro aloqada hisoblanib, bunday referentlar aloqadorligi asosida hosil bo‘lgan hosila ma’no metonimiya orqali ma’no ko’chishiga misol bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hosila ma’no yuzaga kelishinig faqat ikki ko‘rinishi (metafora va metonimiya) evfemizmni voqelantiradi.
(Шарафиддинов О. Домлалар. — Тошкент.: «Маънавият», 2009. 153-б)

Слайд #25



Professor Mirtojiyevning o‘rganishi natijasiga ko‘ra hosila ma’no sinekdoxa, vazifadoshlik va tobelilik natijasida evfemizm hodisasini vujudga kelmaydi degan edi. Ammo biz bu fikrlarga qo‘shila olmaymiz. Fikrimizni quydagi misollar orqali bayoq qilsak: «…Bashirjon tirnoqqa zor, xotini har gal homilador bo’lganda xudoga nola qilib, xotinining omon-eson ko‘z yorishini kutadi. Ammo Zevarxon homila yetilmay bola tashlaydi». Ushbu gapda qo‘llanilgan tirnoqqa zor iborasi farzand ma’nosi ifodalagan va sinekdoxa orqali ma’no ko‘chishiga misol bo‘la oladi. Yuqoridagi gapdagi denotativ ma’no tushunchani yumshoqroq ifodalashga xizmat qilgan.

Слайд #26



«Nobud bo‘lgan uy hayvonlari uchun egalariga ortiqcha sug‘urta puli yozib, arra qilish bevosita Qiyomxon tashabbusi bilan amalga oshiriladi». Ushbu gapdada arra qilish vazifadoshlik asosidagi evfemaga misol bo‘la oladi. Gapda foydani teng bo‘lish haqida tushuncha berayotgan arra ifodasi vazifadoshlikni vujudga keltirishga asos bo‘lgan evfemik birlik hisoblanadi.

Слайд #27

Evfemizm shakliy strukturasiga ko‘ra so‘z, so‘z birikmasi, ibora va gap ko‘rinishida ham uchratish mumkin.



Слайд #28



So‘z shaklidagi evfemik vosita. So‘z holidagi evfemizmlarda bir so‘z boshqa so‘zsiz hosila ma’no ifodalaydi. Masalan, «…Ana shu xo‘rozni, qirqta xotinni olib qo‘yib, Xudoyorxonga o‘xshab yotaverasanmi, juvonmarg, don topib kelmaganingga yarasha anavu ochofat tovuqlaringning ko‘nglini olsang-chi, qirilgur, deb qarg‘agan shu polosonlikning zaifasi edi». Ushbu gapda bir zaifa so‘zi orqali ayol, ojiza kabi evfemik ma’no ifodalagan. Bundan tashqari, yara so‘zi ham dard ma’nosini ifodalashi mumkin. Buni quyidagi gaplarda ham ko‘rishimiz mumkin. «…Eng yaxshi maktubingizni o‘qisam ham, qulog‘imda avvalgi so‘zlaringiz yangrab turadi. Ularning ko‘nglimda qoldirgan yarasi butun umrimga yetadi, - dedim norozi oxangda».

Слайд #29



So‘z birikmasi shaklidagi evfemik vosita. Bu holda evfemik birliklar [tobe+hokim] qolipida birikadi. Masalan: «…Jezqozg‘onda dunyoga mashhur mis konlari bor. Mahbuslar ochiq karyerlardan, yer ostidan ruda qazib chiqaradilar. Tutqunlarning ko‘pi mis gardidan o‘pka kasaliga mubtalo bo‘ladilar». Ushbu gapdagi o‘pka kasaligi moslashuvli birikma bo‘lib, denotativ ma’no orqali sil kasaligini salbiy bo‘yog‘ini yashirishga qaratilgan va metonimiya asosida hosila ma’no vujudga kelgan.

Слайд #30



Ibora shaklidagi evfemik vosita. Noqulay va madaniy jihatdan qo‘llash mumkin bo‘lmagan tushunchalari barqaror birikma orqali ifodalashdir. Frazeologizmlar struktur jihatdan bir necha so‘zlarlardan tuzilgan bo‘lsada, semantik jihatdan bir so‘zga tengdir. Masalan: «…Farzand yaxshi narsa, lekin ayol kishi ketma-ket tug‘aversa, unga ham og‘irlik qilar ekan. Xullas, o‘ninchi farzand bo‘yida bo‘lganida kelinoyingiz juda qiynalib ketganidan nolib qoldi». «…Oradan ko‘p o‘tmay, Sa’di aka olamdan ko‘z yumdi. Lekin uning xotirasi hamon biz bilan yashayapti. Ha, odamlarning naqshi desa arziydigan odam edi u». Ushbu gaplardagi evfemik-frazeologik birliklar okkazional хarakterga ega.

Слайд #31

II. XOTIRA MATNLARINING TIPALOGIK XUSUSIYATLARI.
2.1 Xotira matnlarining tipalogik bo‘linishlari.

Xotira matnlari hajm belgisiga ko‘ra ikkiga ajratamiz: Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn).
Xotira matnlarini ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra quyidagi tiplarga bo‘lib chiqish mumkin: 1.Hikoya mazmunli matn. 2.Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Хabar mazmunli matn. 6.Buyruq mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn.

Слайд #32

2.2 Xotira matnlarining sintaktik xususiyatlari.

Sintaktik parallelizm.
U olim shoir edi.
U shoir olim edi.
Ushbu misra struktur parallelizm misol bo‘ladi. Ya’ni gap bo‘laklarining joylashuvi bir xil aniqlovchi+ega+kesim shaklida parallel shaklada qo‘llanilgan. Struktur parallelizmda qiyoslanayotgan konstruksiyalar tarkibining bir-biriga to‘liq mos kelishi – parallelligi kuzatilgan. Yuqoridagi misolimiz olmosh+ot+ot+to‘liqsiz fe’l shaklidagi morfologik qolibga ega bo‘lib, komponentlardagi gap bo‘laklari miqdorining teng.
(Саид Аҳмад. Йўқотганларим ва топганларим. — Toshkent.: “Sanostandart” нашриёти, 2014. Хотиралар. Адабий ўйлар. 154-б)

Слайд #33



U dilbar shoir edi
U omadsiz inson edi
Bu misolda ham gap bo‘laklarining joylashuvi bir xil ega+aniqlovchi+kesim shaklida parallel shaklada qo‘llanilgan. Yuqoridagi misolimiz olmosh+sifat+ot+to‘liqsiz fe’l shaklidagi morfologik qolibga ega bo‘lib, komponentlardagi gap bo‘laklari miqdorining teng.
(Саид Аҳмад. Йўқотганларим ва топганларим. — Toshkent.: “Sanostandart” нашриёти, 2014. Хотиралар. Адабий ўйлар. 154-б)

Слайд #34

Gradasiya.
« O‘zimni og‘ir, erkin tutishga tirishdim, lekin borgan sari g‘azabim toshib asabiylashib borardi... Bu tag‘in nimasi? U haddidan oshyapti! Bu endi uning haqoratlarga to‘la uchinchi maktubi. U nima istaydi, mendan? Hayronman, anglashdan ojizman! » Ushbu misolda borgan sari g‘azabim toshib borishi bilan gradatsiyaning klimaks (ko‘tarilish) turiga yaqqol misol bo‘la oladi. (Саидносирова З. Ойбегим менинг. — Toshkent.: «Шарк», 2005 81-б)

Слайд #35



Endi gradatsiya hodisasining antiklimaks ya’ni pasayish hodisasiga to‘xtalsak: «Abdulla Qahhor oltmish yillik yubileyi munosabati bilan uchinchi marta «Mehnat» ordeniga sazovor bo‘ldi. «O’zbekiston Xalq yozuvchisi» degan sharafli unvon oldi. Lekin... Lekin kundan kunga sog‘lig‘i yomonlashib borardi. Oltmish sakkizinchi yilning martida ancha og‘irlashib qolgandi. Vrachlarning maslahati bilan Moskvaga davolanishga bormasa bo‘lmaydigan edi.» Ushbu misolda kundan kunga sog‘lig‘i yomonlashib borishi bilan gradatsiyaning antiklimaks ya’ni pasayish hodisasiga yaqqol misol bo‘la oladi. (Саид Аҳмад. Йўқотганларим ва топганларим. — Toshkent.: “Sanostandart” нашриёти, 2014. Хотиралар. Адабий ўйлар. 128-б)

Слайд #36

Ellipsis
Masalan: «Abdulla aka «Mushtum»ga telefon qilib, Said Ahmad kelsa, albatta, menga uchrashsin, deb tayinlagan ekan.» Ushbu jumlamizda Mushtum gazetasi deyish o‘rniga gap konstruksiyasidagi to‘ldiruvchi vazifasini to‘ldiruvchini tushirish orqali aniqlovchiga yuklab qo‘ygan va natijada aniqlovchi gap tarkibida to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. Bu usul bizga metonimik ko‘chimni ham eslatib yuboradi. (Саид Аҳмад. Йўқотганларим ва топганларим. — Toshkent.: “Sanostandart” нашриёти, 2014. Хотиралар. Адабий ўйлар. 106-б)

Слайд #37

Ellipsis
«Bir vaqtlar men «Sarob»ni yoddan aytib bera olardim. So‘zma-so‘z, jumlama-jumla, biron so‘zini tushirib qoldirmay ayta olardim. » Misoldan ko‘rinib turibdiki ellipsis hodisasi nafaqat bir bo‘lakni tushirib qoldirilishi, balki bir gap bo‘lagi vazifasini boshqa gap bo‘lagiga yuklash hodisasidir. Yuqoridagi fikrimizga misol sifatida ushbu jumlalarni keltirdik: «U donolar davrasida dono edi. U Bedilni, Hofizni, Jomiyni sevib o‘qirdi. » Ushbu jumlamizda Bedil, Hofiz, Jomiy asarlarni deyish o‘rniga gap konstruksiyasidagi to‘ldiruvchi vazifasini to‘ldiruvchini tushirish orqali aniqlovchiga yuklab qo‘ygan va natijada aniqlovchi gap tarkibida to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. (Саид Аҳмад. Йўқотганларим ва топганларим. — Toshkent.: “Sanostandart” нашриёти, 2014. Хотиралар. Адабий ўйлар. 100-б)

Слайд #38

Emotsional gaplar
Emotsional gaplar tarkibida his-tuyg‘uni (oh, voy, sho‘rim, eh, attang, bay-bay kabi) ifodalovchi undalmalar ham qatnashadi:
«…Endi keragi yo‘q. U kitobda yuzlab belgilarim bor edi. Qayta o‘qib belgi qo‘yish uchun ikki-uch oy kerak. E, attang, bugun-erta maqolani boshlayman, deb turgan edim...», «…Teatr Ganjiravonga ketib bo‘pti. E, attang. Necha yillardan beri orzu qilib xayolimda ertakka aylangan bu go‘shani ko‘rolmaydigan bo‘ldim....» Yuqoridagi ikki misolda so‘zlovchi ruhiyatida afsuslanish alomatlarini mavjudligini ko‘rsatish uchun qo‘llanilgan.
(Саид Аҳмад. Йўқотганларим ва топганларим. — Toshkent.: “Sanostandart” нашриёти, 2014. Хотиралар. Адабий ўйлар. 138-б)

Слайд #39

Ritorik so‘roq gaplar
«Azizim, oltmish yillik qadrdonim, nahotki, endi yo‘qsan? Nahotki shu yorug‘ jahonga oshiq-sarmast ko‘zlaring bir umrga yumildi?» Ushbu xotira matnni tarkibidagi gapdan ajablanish, achinish, shubha va gumonsirash kabi ma’nolar ifodalangan bo‘lib, matndagi nutq monolog ko‘rinishida bo‘lgan va ichki nutq qo‘llanilgan. Ushbu gap tarkibida nahotki ta’kidni kuchaytiruvchi so‘zlar qatnashib, kuchli emotsiya bilan ta’kidlanishi uchun xizmat qilgan. (Саид Аҳмад. Йўқотганларим ва топганларим. — Toshkent.: “Sanostandart” нашриёти, 2014. Хотиралар. Адабий ўйлар. 176-б)

Слайд #40

III. XOTIRA MATNLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI.
3.1 Xotira matnlarining funksional-uslubiy belgilari.



Слайд #41

Xotira matnlarida so‘zlashuv uslubi elementlarining qo‘llanilishi.

« — Zap qomatdor, fayzli yigit ekansizu, ammo oyoqdan yolchimagan ekansiz-da, — depti.
— E, e, yol-g‘ooon, — dedi Oybek qiynalib.
Keyin oyog‘iga qarab, jag‘i ayilib, bir tomonga qiyshayib ketgan kovushini ko‘rib, kulib yubordi.
— Rrooost, — dedi u bo‘yniga olib.» Ushbu misol dialog ko‘rinishida bo‘lib, ikki kishi bir masala yuzasidan bahslashishmoqda. Birinchi gapda qo‘llanilgan zap so‘zi aslida zab shaklida yozilsada yozuvchi og‘zaki so‘zlashuv elementini olib kirganini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari birinchi gapda qo‘llanilgan depti so‘zi ham aslida debdi shaklida yozilsa ham so‘zlashuv uslubida depti shaklida talaffuz etiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, parchada sheva ta’sir ham mavjud. Misolimiz tarkibidagi so‘zlarning jarangsizlashish qipchoq lahjasi fonetikasiga xos xususiyat hisoblanadi. Yuqoridagi misollardan tashqari yol-g‘ooon, rrooost kabi so‘zlardagi fonemalarni me’yordan ortiq takror holda qo‘llash orqali emotsional bo‘yoqni vujudga kelishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Dastlab qahramon o‘ziga nisbatan ifodalanayotgan fikrga noroziligini, isyonini ifodalash uchun yol-g‘ooon so‘zidagi unli fonemalarni cho‘zgan bo‘lsa, keyingi gapdagi rrooost so‘zi tarkibidagi fonemalarni ikkilantirish orqali o‘z holatiga iqror,fikrga xayrixohlik ma’nolarini yuzaga chiqarishga xizmat qilagan.

Слайд #42




Bundan tashqari ushbu misolga ahamiyat qaratsak: «—Jon uka, bitta papiros opkelib bering, — deb yalindim. Jo‘raxon pulni olib, zing‘illagancha ketdi». Misolda qo‘llanilgan opkelib so‘zi so‘zlashuv uslubining fonetik xususiyatiga oid hodisa bo‘lib, so‘zga boshqa so‘zni qo‘shish orqali so‘z asosida qisqarish hodisasi ya’ni olib kelib so‘zi o‘zaro birikib opkelib shakliga o‘tgan. Bu xususiyatlarni barchasi so‘zlashuv uslubiga xos unsurlardir. (Саид Аҳмад. Йўқотганларим ва топганларим. — Toshkent.: “Sanostandart” нашриёти, 2014. Хотиралар. Адабий ўйлар. 43-б)

Слайд #43



«…Abdulla aka! Bilasizmi? Yo‘q, bilmaysiz. Siz odam emassiz!..
Men hayron bo‘ldim — nima deb valdirayapti Matlab tushmagur? Men unga imo-ishoralar qildim, stol tagidan oyoqlarini bosdim». Ushbu misolda qo‘llanilgan valdiramoq fe’li salbiy bo‘yoqdagi so‘z hisoblanib, uyda, ko‘chada, ishxonada, bozorda, to‘ytomoshada qo‘llaniladi. Aynan ushbu xususiyatlari uchun valdiramoq fe’li so‘zlashuv uslubining leksik qatlamiga oid hisoblanadi. So‘zlashuv uslubi ko‘pincha dialog uslubida beriladi:
«— Kim berib yubordi? — so‘radim hayron bo‘lib.
— Birov, — qizardi u.
— Kimdanligini aytmasangiz, olmayman...
— O‘zimdan, — dedi u, nihoyat.
— Nima yozgansiz?» Ushbu misolda so‘z tarkibini nomuvofiq shaklda tuzilganini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari gaplar, asosan, to‘liqsiz dialog uslubi tuzilgan. Bu xususiyatlarni barchasi so‘zlashuv uslubiga xos unsurlardir.

Слайд #44

Xotira matnlarida rasmiy uslubi elementlarining qo‘llanilishi.

«Sud ham «ToshMIdagi uy bo‘shatilsin», deb qaror chiqargan edi. Biz 600 so‘mlik sud harajatlarini to‘lab, 1938 yilda yangi uyga ko‘chib o‘tdik». Ushbu gapda ham bo‘shatilsin fe’li buyruq-istak mayli shaklida bo‘lib, gap mazmunidan majhul nisbatni ma’nosi anglashilgan. Rasmiy uslubdagi matnlarda gap qurilishi sodda yoki murakkabligiga qarab emas, aksincha, matn qurilish uslub ravon va aniqligiga qaraladi. Yuqoridagi keltirilgan misolimiz ham grammatik xususiyatlariga ko‘ra rasmiy uslubga mansub.
(Саидносирова З. Ойбегим менинг. — Toshkent.: «Шарк», 2005. 169-б)

Слайд #45

Xotira matnlarida rasmiy uslubi elementlarining qo‘llanilishi.
«Yo‘qolgan o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi yetuklik attestati bekor qilinsin». Ushbu misolda qo‘llanilgan qilinsin fe’li buyruq-istak mayli shaklida bo‘lib, ushbu grammatik xususiyatlariga ko‘ra rasmiy uslubga mansubdir. (Шарафиддинов О. Домлалар. — Тошкент.: «Маънавият», 2009. 156-б)

Слайд #46

Xotira matnlarida ilmiy uslubi elementlarining qo‘llanilishi.
«G‘ani aka va Hidoyatni chaqirib, kimyo atamalari ustida bahslashamiz; Oybekni ham bu bahsda ishtirok etishga majbur qilamiz. Uyimizda uzoq tortishuvlar bo‘lib o‘tadi. Kislorodni «achchil», vodorodni «suvchil», kislotalarni «achilik» deb qabul qilamiz. (Shu atamalar bir necha yil davomida qo‘llanib kelingan.)». Ushbu parchada ilmiy terminlar qo‘llanilgan bo‘lib, bu atamalar soha terminlariga oid va o‘sha soha kishilarigagina tushunarli hisoblanadi. Ushbu atamalar kimyo faniga xos atamalardir. Ilmiy uslubda atamalar monosemiya ko‘rinishida mavjud bo‘ladi va o‘sha fan kishilarigagina tushunarli bo‘ladi. Ushbu tahlillardan shunday xulosa kelib chiqadiki, ilmiy uslubda qo‘llaniladigan terminlar, birinchi navbatda, atamalik vazifani ado etadi, ikkinchidan, fikriy aniqlik uchun xizmat qiladi, uchinchidan, ular sohaviy xarakterga ega bo‘ladi.

Слайд #47

Xotira matnlarida ilmiy uslubi elementlarining qo‘llanilishi.
«O‘shandan keyin jo‘g‘rofiy adabiyotlariga qiziqib qoldim va ayniqsa, turkiy mamlakatlarning shakl-shamoyili haqidagi kitoblarni yig‘adigan bo‘ldim. Bular orasida Mirzayevning «Markaziy Tyanshan muzliklarida» degan kitobi (uni Badaxshonning markazi — Xorak shahrida xarid qilgan edim) Turkiy tillardagi toponimlik atamalarga bag‘ishlangan kitobi g‘oyatda qimmatli.». Yuqoridagi misolda qo‘llanilgan toponimlik termini tilshunoslikning joy nomlari bilan bog‘liq soha hisoblanib, bu atamalar monosemiya ko‘rinishida mavjud bo‘ladi va o‘sha soha kishilarigagina tushunarli bo‘ladi.

Слайд #48

Xotira matnlarida ommabop uslubi elementlarining qo‘llanilishi.

“Abdug‘ani Mirzayev o‘sha yilning 7 dekabrida «Kommunist Tadjikistana» gazetasida «Tarixiy voqealarni buzib ko‘rsatishga qarshi» degan katta bir maqola bostirdi. Maqolada Oybekka shunday ayblar qo‘yilgan edi: «Navoiyning vatanparvarligi faqat Hirotni sevish bilan chegaralangan. Binoiy shaxsida u tojik va o‘zbek xalqining madaniy hamkorligini atayin buzib ko‘rsatgan. Navoiy ijodiga marksistik nuqtai nazardan yondashmagani jiddiy ideologik xatolarga olib kelgan. Bu hol burjua millatchilarining bir vaqtlarda Oybekka o‘tkazgan ta’siri shu kunlargacha saqlanib kelayotganidan darak beradi». Ushbu parchadan ko‘rinib turibdiki, qisqa, lo‘nda, tushunarli, yorqin, ixchamlilik bu uslub uchun asosiy talablardan hisoblanadi. Bunday matnlarda asosiy urg‘u axborot berishga qaratilganligi bilan boshqa uslublardan farqlanadi.

Слайд #49

Xotira matnlarida badiiy uslubi elementlarining qo‘llanilishi.
Xotira matnlarida badiiy uslubi elementlarining ifodalanilishini quydagi misollarni tahlil qilish orqali ko‘rishimiz mumkin: «Yomg‘irdan keyin osmonda paydo bo‘ladigan kamalak jahondagi jamiki ranglarni yettita ipga chiyratma qilib tortib turganga o‘xshaydi. O‘sha yetti ipni yoyib yuborsangiz, olam anvoyi ranglarga to‘lib ketadigandek.
Odam bolasi borki, shu ranglardan birini o‘ziniki qilib oladi. Butun taqdirini, tarjimai holini, orzu-umidlarini va nihoyat, olamni shu rang orqali ko‘radi. Tabiati ham shu rang ta’siriga bog‘lanib qoladi». Xotira matnidan olingan ushbu parchada so‘zlar badiiy-estetik qiymatini ta’minlovchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Parchada paydo bo‘lmoq, chiyratma qilib tortilmoq, yoyib yubormoq,anvoyi ranglar va bog‘lanib qolmoq kabi birikmalar obrazli ifodani ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilib, badiiy-estetik qiymatini oshirishga qaratilgan. Badiiy uslubda sinonim, omonim, antonim, ko‘p ma’nolilik kabi leksikaning barcha qatlamlaridan keng foydalaniladi. Bularning hammasi ijodkorning poetik fikrini ifodalashga xizmat qiladi.

Слайд #50



«G‘ulom Karimov juda xursand bo‘ldi va mamnunligini o’z nutqida ehtiros bilan bayon etdi». « Men esa bundan mamnun bo‘lish o‘rniga, «Biz quyoshli O‘zbekistondan kelgan ilmga chanqoq talabalarmiz. Bizga tuzukroq domla bersalaringiz bo‘lardi. Kamida Bertels bo‘lishi kerak domlamiz» degan ma’noda kichikroq yig’ilishda nutq irod ayladim». Ushbu ikki misolimizda bayon etmoq va nutq iroda aylamoq fe’llari so‘zlamoq fe’lining sinonimlari hisoblanib, badiiy uslubda qo‘llaniluvchi variantlari sirasiga mansubdir. Ushbu so‘zlarni qo‘llash orqali ijodkor matnda ifodalanayotgan fikrni badiiy-estetik funksiyasini oshirgan va ijodkorning sinominlar bilan ishlash mahoratini ko‘rsatgan. (Шарафиддинов О. Домлалар. — Тошкент.: «Маънавият», 2009. 121-б)

Слайд #51

3.2 Xotira matnlarining kognitiv va lingvomadaniy belgilari.
«Shunday bir hodisa yodimdan sira ko‘tarilmaydi. Vatan urushi yillarining boshlarida men bir asarni sahnalashtirdim. Hamid Olimjon teatrga kelib spektaklni oxirigacha ko‘rdi, keyin kabinetga kirdik. Har galgiday, o‘z fikrlarnii aytdi.
— Aminjon aka,— dedi shoir,— asar baliqchilar haqida emasmi-a?
— Yo‘q, yo‘q, nima, biron kishi...
— To‘rsiz xalq ham bo‘lar ekan-da.
Men hayron, atrofdagilar ham hayron... Bironta artist xato qilganini, biron so‘zni noto‘g‘ri aytganini payqadik.
— Haligi komandir rolini o‘ynayotgan artistingiz «to‘rli xalq farzandlari» dedi, men «to‘rli xalq bo‘lsa, to’rsizi ham bormikan», deb o‘ylabman. Hurmatli artistimiz «turli xalq farzandlari» deyish o‘rniga, «to‘rli xalq farzandlari» deb yurar ekan, men e’tibor bermay o’tkazib yuborar ekanman. Darhaqihat, «u» o‘rniga «o‘» ishlatib gapirilsa, ma’no buzilishi muqarrarligiga kamhafsalalik bilan qaragan ekanmiz». (Сен элимнинг юрагида яшайсан. (Хамид Олимжон ҳақида эсдаликлар). Зулфия таҳрири остида. Т., Адабиёт ва санъат нашриёти, 1973. 88-б)

Слайд #52



Yuqoridagi parcha O‘zbekiston xalq artisti Amin Turdiyevning Hamid Olimjon haqida yozgan xotiralaridan olingan. Parchadan shuni anglashimiz mumkinki, artisti nutqida o‘ziga xos lingvomadaniy belgilar mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, to‘rli xalq farzandlari birikmasini olaylik, ushbu birikma aslida turli xalq farzandlari shaklida aytilishi lozim edi. Ammo to‘rli va turli so‘zlari o‘zaro chalkashlik holatda qo‘llab uslubiy xatolikka yo‘l qo‘ygan. Bundan ko‘rinib turibdiki, xotira matnni yozgan inson nutqiga rus tilining ta’siri kuchli bo‘lganligi asnosida u harfini o‘ holda talaffuz etish hodisasi kuzatilgan. Xotira matnlar kim qanday yozishiga qarab, qaysi kasb egasi va qanday millat vakillari yozishlariga qarab turli xil lingvomadaniy belgilarga ega bo‘ladi.

Слайд #53

UMUMIY XULOSA

Ushbu tadqiqotda xotira matnlarining sematik-struktur, tipologik, sintaktik, funksional-uslubiy, kognitiv va lingvomadaniy jihatdan tadqiqi yo‘llari, ya’ni shunday tadqiq qilishning me’yorlari ushbu tadqiqotda ko‘rib chiqilgan xotira matnlarning o‘ziga xos funksional-uslubiy, stilistik hamda sematik-struktual xususiyatlari bu sohada olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarining nazariy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bu tadqiqodning tahlillaridan chiqadigan ilmiy xulosalar o‘zbek funksional uslubiyatining nazariy asoslarini va tahliliy usullarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.