Читать

"Adibning hayoti va ijodi"

Cкачать презентацию: "Adibning hayoti va ijodi"

Вставить эту публикацию

Вставить код

    Ничего не найдено.
Click here to cancel reply.

Презентация по слайдам:


Слайд #1

ORENTAL UNVERSITET Pedagogika pisixalogiya fakultet sirtqi 1 - kurs 5-gurux talabasi Roziyeva Nargizaning Pedagogika nazaryasi va tarixi fanidan tayyorlagan slaydi

Слайд #2

Abdulla Qodiriy
(1894 - 1938)

Слайд #3

REJA:
1. Hayot va ijod yo`li.
2. Qodiriyning ijodiy faoliyati
3. Qodiriyning “O`tgan kunlar” asari haqida.

Слайд #4

Hayot va ijod yo`li.
1894- yil 10- aprelida Toshkent shahrida bobon oilasida dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o`z davrining maktab va madrasalarida o`qiganligi, ilmga chanqoqligi va ulkan iste'dodi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan biriga aylandi.
Oiladagi yo`qchilik tufayli mahalladagi maktabga kechikibroq borgan Abdulla ikki-uch yil ichida tuzukkina savodxon bo`ldi.

Слайд #5

Bo`lajak yozuvchi rus-tuzum maktabini tugatib, tirikchilik ko`yida yurgan kezlarida Rasulmuhammad otliq savdogar boy qo`lida ishboshqaruvchilik qildi. Savdogar insofli, ochiq fikrli, oydin kishilarni hurmatlaydigan boylardan edi. Abdulla uning do`konlarida ishlab yurib, zamonasining bir qator ilor fikrli kishilari bilan tanishdi, suhbatlar qurdi. 1914- yilda boyning Rahbaroy ismli qiziga uylanib. Nafiza, Habibulla, Adiba, Anisa, Ma'sud kabi farzandlar ko`rdi.

Слайд #6

Qodiriyning ijodiy faoliyati
"Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadiron gazetalarni o`qib, dunyoda gazeta degan gap borliiga imon keltirdim. 1913- yilda o`zbckcha "Sadoyi Turkiston", "Samarqand", "Oina" gazetalari chiqa boshlagach, menda shularga gap yozib yurish fikri uyondi" — deb yozadi adib keyinchalik. "Sadoyi Turkiston" gazetasining 1914- yil 1- aprcl sonida Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan "Yangi masjid va maktab" sarlavhali xabar bosilgan. Qodiriy yozuvchilik faoliyatiga birinchi qadamni shu tarzda qo`ygan. Oradan ko`p o`tmay, "Millatimga", "Ahvolimiz" she'rlari, "Baxtsiz kuyov" dramasi, "Juvonboz" hikoyasi chiqdi. Jadidchilik oyalari bilan suorilib, jamiyat azolarini dan puxta bo`Imasa-da, zamoni uchun dolzarb edi. Yosh yozuvchi bu asarlarida davrning muhim masalalarini kowtaradi, millatning ahvolini yaxshilashni astoydil istashini ko`rsatadi. Lekin niyat bilan badiiy ifodaning orasida haligancha masofa bor edi. Qodiriy ilk asarlarida fikrlarini ochiq aytish, oyani yalanoch ifodalash yo`lidan bordi.

Слайд #7

Har qanday ishda bo`lgani singari asarlarini yozishga ham oyat puxta tayyorgarlik ko`radigan yozuvchi 1917 — 1918- yillardan boshlab asosiy asari bo`lmish "O`tkan kunlar" romani uchun material yiishga kirishdi. U xalqning hayoti, ahvoli-ruhiyasini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. o`zbekning qanday xalq ekanligini ko`rsatib beradigan katta hajmli asarga ulkan ehtiyoj borligini sezardi. Adib rornanni 1919- yildan yoza boshladi. 1922-yilda birinchi o`zbek romanining dastlabki boblari "Inqilob" jurnalida chop etildi. 1925- yilda romanning bo`limlari alohida-alohida uch kitob tarzida, 1926- yilda esa "o`tkan kunlar" yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi. 1928- yilda adibning ikkinchi romani "Mehrobdan chayon" nashr etildi. 1934- yilda kolxozlashtirish tufayli o`zbeklar hayotida ro`y bergan o`zgarishlarni aks ettiradigan ‘‘Obid ketmon" qissasini yozdi.

Слайд #8

Bulardan tashqari, adib necha o`nlab publitsistik maqolalar, badiiy saviyasi baland hikoyalar ham yaratdi. Qodiriy "Amir Umarxonning kanizagi" “Namoz o`ri” "Dahshat" singari romanlar yozmoqchi bo`lib, materiallar to`plagani haqida ma’lumotlar bor. Ammo qonsiragan sho`rolar tuzumi adibning bu rejalari amalga oshuviga qoy’madi.

Слайд #9

Haq gapni hayiqmay aytadigan, millatiga o`zini tanitayotgan, uning ururini uyotayotgan yozuvchi o`lkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning mahalliy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mobaynida A. Qodiriyga bir necha bor chovut solishdi. 1926- yildayoq "Mushtum" jurnalining uchinchi sonida bosilgan "Yiindi gaplar" maqolasi uchun adib aksil inqilobiy maqsadda sho`ro rahbarlarini matbuot orqali obro`sizlantirdi" degan ayb bilan qamoqqa olindi. Qodiriy o`ziga qo`yilayotgan ayblar asossiz va uydirma ekanligini, maqolasida xolis tanqid va samimiy hazil qilganligini kuchli mantiq bilan isbotladi. Qamoqdagi adolatsizlikka qarshi ochlik e'lon qildi. Uzoq cho`zilgan tergovda ham, sud jarayonida ham pastkash soxta guvohlarni, hukmron siyosatga til tekkizganligi bilan cho`chitmoqchi bo`lgan yuzsiz kimsalarni ayamay fosh etdi.

Слайд #10

O`z qarashlaridan qaytmay, ijodkorlik va insonlik shaYiini mardona himoya qildi. Uning: ‘‘Men to`rilik orqasida bosh ketsa, "ih" deydirgan yigit emasman",— degan gapi adib shaxsiyatiga xos xususiyatlarni to`liq aks ettiradi. Respublika Oliy sudi yetarli asos bo`lmasa ham Abdulla Qodiriyni jkki yil ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. Lekin dalillarning uydirmaligi ko`rinib turgani uchun ham o`zbekning eng mashhur adibini qamoqqa tiqishga jur'at ctishmadi. Bu sud orqali sho`rolar yozuvchini o`ziga xos yo`sinda "ogohlantirdi" Lekin adib bu ogohlantirishdan"to`ri" xulosa chiqarmadi, ya'ni haqiqatga xiyonat qilmadi.

Слайд #11

O`z asarlari bilan nafaqat O`zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma'naviyati ravnaqiga hissa qo`shgan adibni 1937-yilning 31-dekabrida yangi yil kechasi ikkinchi bor olib ketishdi. Bu davrda Stalin boshqarib turgan qataon mashinasi shitob bilan ishlar va uning yaxshi yurmoi uchun yangidan-yangi qurbonlar zarur edi. Adolatning ko`chasidan ham o`tmagan hukumatning uchlik sudi 1938- yilning 5- oktabrida XX asr o`zbek nasrining eng yirik vakilini, asrimizdagi o`zbeklarning eng fidoyilaridan birini o`limga hukm qildi. Dahshatli jihati shundaki, hukm 4- oktabrda, ya'ni hukm chiqishidan bir kun oldin ijro etilgan edi. Qotillar o`zbekning chin iste'dodlarini yo`qotishga shoshilishgandi.

Слайд #12

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT