Edvard Grig hayoti vaijodi
Читать

Edvard Grig hayoti vaijodi

Cкачать презентацию: Edvard Grig hayoti vaijodi

Вставить эту публикацию

Вставить код

    Ничего не найдено.
Click here to cancel reply.

Презентация по слайдам:


Слайд #1

EDVARD GRIG 1843-1907

Слайд #2

Edvard Grig — buyuk norveg kompozitori, pianinochisi, dirijor, musiqa namoyandasi bo'lib, 1843-yil Bergen shahrida tug'ilgan.Uning ajdocllari — shotlandlar bo'lishgan. Grig familiyasi esa Nofvegiyada qaror topgan. Kompozitorning otasi Bergen shahrida Britaniya konsuli lavozimida ishlagan. Onasi — norveg millatiga mansub bo'lib, yaxshi pianinochi bo'lgan hamda bolalarga musiqadan dars bergan. Motsart ijodiga bo'lgan muhabbat unga onasidan o'tgan. Grig uchun Motsart ijodi hamma vaqt shodlik manbayi bo'lgan edi.

Слайд #3

Слайд #4

Grig Leypsig konservatoriyasida (1858—1862) 1. Moshelesning
sinfida fortepianodan, K. Reynekening sinfida kompozitsiyadan
o'qiydi, 1863-yildan u Kopengagenda mashhur N. Gade bilan kompozitsiya
bo'yicha shug'ullangan. Shu yerda u kompozitor R. Nurdrok
bilan tanishadi, u Grigning ijodiy shakllanishiga katta ta'sir
ko'rsatadi. U Nurdrok, E. Xorneman va boshqalar bilan birgalikda
Skandinaviya mamlakatlariaro «Yevterpa» musiqa jamiyatini tashkil
etishda qatnashadi. Bu jamiyatning vazifasi ommani Skandinaviya
kompozitorlari asarlari bilan tanishtirishdan iborat edi.

Слайд #5


Grig Kopengagenda yashagan davrida (1863—1866) «Poetik
rasmlar», «Yumoreskalar», fortepiano uchun sonata, birinchi
skripka uchun sonatasi va qo'shiqlar yaratadi. Lirik «Poetik rasmlar
»da (1863) norveg xalq musiqasi qirralari namoyon bo'lgan.
«Yumoreskalar» singari janriy ishlanmalarda ham (1865) xalq
raqslarining o'ynoqi ritmi jaranglaydi, norveg musiqasiga xos bo'lgan
lidiy lad ohanglarining rang-barangligi uchraydi. Ularda Grig
nihoyatda yaxshi ko'rgan kompozitor Shopenning ta'siri sezilib,
fortepiano sonatasida R. Shumanning ta'siri ko'rinib turadi.

Слайд #6

1866-yildan Grig Norvegiya poytaxti Kristiani (Oslo)da yashay
boshlaydi. Bu yerda u 70-yillardagi peshqadam norveg ziyolilari
bilan tanishadi. Grig uchun shoir va dramaturg B. Byorns bilan
do'stlik katta ahamiyat kasb etdi. Uning asarlari asosida Grig bir
qator sahnaviy-musiqiy asarlarni (tugallanmagan «Ulaf Tryugvason
» operasi (1873), «Sigurd Yursalfar» pyesasi uchun musiqa,
«Arnlyut Gelline» operasi uchun eskizlar, «Bergliot» dramatik
monologi uchun musiqa, ko'plab romans va qo'shiqlar) ijod qildi.

Слайд #7

1871-yilda Grig Musiqa konsert jamiyatiga asos soladi (hozirgi
Filarmoniya jamiyati), uning asosiy maqsadi shaharning konsert
hayotini faollashtirishdan iborat edi.
1868-yilda Grig XIX asrning ikkinchi yarmidagi Yevropa musiqasining
mazkur janrdagi eng mashhur asari — fortepiano konsert
ini yaratadi. Konsertning lirik talqini bu asarni Shopen va Shumanning
fortepiano konsertlariga yaqinlashtirgan edi. •

Слайд #8

Shuman konsertlariga yaqinlik asarning erkin shakli, lirikpsixologik xarakterida namoyon bo'ladi. Konsertning yorqin o'ziga xosligini kompozitor uslubiga xos bo'lgan norveg milliy koloriti hamda asarning obrazlartizimi ta'minlab beradi. Konsertning uch qismi turkumning an'anaviy dramaturgiyasiga-muvofiq keladi: dramaturgik bog'lanma birinchi qismdan boshlanadi, u "sonata shaklidadir. Ikkinchi qism lirik urg'uni tashkil etadi. Bu qism uch qismli shaklda yozilgan. Uchinchi qism xalq janrlari manzarasini beradi, u rondo — sonata shaklida yozilgan.

Слайд #9

Слайд #10

1869-yilda Grig taniqli kompozitor va folklorshunos L. Lindemanning
norveg musiqiy folklori to'plami bilan tanishadi. Burring
natijasida Grig «Fortepiano uchun norveg xalq qo'shiqlari va
raqslari»ni (op. 17) yozadi. Ularda turli-tuman xalq raqslari — xalling,
springdans, hazil, lirik, mehnat va dehqon qo'shiqlari jamlangan
edi. Bu turkumlar musiqa ixlosmandlarining keng doirasi
uchun qulay, murakkab bo'lmagan fortepiano pyesalaridan tuzilishi
rejalashtirilgan edi.

Слайд #11

1874-yilda Grig Ibsendan «Per Gyunt» dramas! postanovkasi
uchun musiqa yozib berish taklifini oladi. Kristianiya shahrida
1876-yili «Per Gyunt»ning qo'yilishi kompozitorga juda katta
shuhrat keltirdi. Ibsenning «Per Gyunt» dramasiga yozilgan musiqa
ushbu janrning «Egmont» (Betxoven), «Yoz tunidagi tush»
(Mendelson), «Arlezianka qizi» (Bize) singari oliy darajadagi
namunalari qatoridan o'rin oldi.

Слайд #12

.



«Per Gyunt»ning to'liq partiturasi o'z ichiga yigirma uch nomerni qamrab olgan, ularning orasida dramaning beshta aktiga kirish, qo'shiqlar (Solveygning qo'shigl I va allasi, Per Gyunt serenadasi), raqslar (Ingrid to'yida, arabcha raqs, Anitra raqsi), orkestr uchun fantastik («Tog' qirolining g'orida
»), lirik-dramatik epizodlar («Ozening o'limi>>), melodramalar
mavjud. Ayrim nomerlar Ibsen dramasidagi xilma-xil obrazlar,
vaziyatlarni ta'kidlab ko'rsatadi, ularni ocliib beradi: Solveyg
obrazidagi ko'tarinkilik, beg'ubor lirizm, Oze o'limidagi fojia,
tabiat poeziyasi («Tong»), xayolot tiniqligi («Tog£ qirolining g'orida») shular jumlasidandir. «Per Gyimt» ikkita suita shaklida e'tirof qilindi. Birinchi suitaga «Tong», «Ozening o'limi», «Anitraning raqsi», «Tog' podshosining g'orida» kiritilgan. Mazkur suita obrazlari o'zaro zid qo'yilgan: yorqin va shodiyona tuyg'ular («Tong»), umr so'ngidagi fojia («Ozening o'limi»), go'zal hayotiy chizgilar («Anitra raqsi»), jo'shqin fantastika («Tog' qirolining g'orida»), Ikkinchi suita quyidagi pyesalardan tashkil topgan:«Ingridning shikoyati», «Arabcha raqs», «Per Gyuntning vataniga qaytishi», «Solveyg qo'shig'i».

Слайд #13


1885-yildan umrining oxirigacha Grig jonajon shahri Bergendan unchalik uzoq

bo’lmagan Troulxaugen tog’laridaNorvegiyaning go’zal
tabiati quchog'ida yashaydi. Go'zallik va tabiatning ulug'vorligiga sajda qilish kompozitorning ijodida o'zining
tegishli ifodasini topdi: «O'rmonda», «Uycha», «Bahor», «Dengiz
yoaig' nurlarda tovlanadi» qo'shiqlari buning dalili bo'la oladi.

Слайд #14

1878-yildan Grig FransiyaGermania, Gollandiya,AngliyaShvetsiya Shaharlarida umr yo'ldoshi Nina bilan (Grigga jo'rnavoz,dirijor, pianinochi sifatida) ko'plab konsertlar beradi

Слайд #15

1888-yilda Grig Chaykovskiy bilan tanishadi, Chaykovskiy o'zining
«1888-yilda xorijga sayohatning avtobiografik tavsifi»da Grig
ijodiga yuqori baho bergan edi.
1881-yilda Grig o'zining fortepianoda ikki juft qo'lda chalishi
uchun mo'ljallangan mashhur «Norveg raqslari»ni yozadi (op.35).
1884-yilda fortepiano uchun «Xolberg zamonlaridan» suitasi
yubileyiga yozilgan edi. Suita preludiya, sarabandalar,
gavot, ariya, rigodonlardan tashkil topgan bo'lib, bayon tarzi,
garmonik tuzilishi, ornamentikasi bilan XVIII asr davridagi asarlarga
xos bo'lgan nozik uslubiy yangilik sifatida qabul qilinadi.
80-yillarda Grig yirik shakldagi kamer — ijrochilik asarlari:
violonchel va fortepiano uchun sonata (1883), skripka va fortepiano
uchun uchinchi sonata (1887)ni yaratadi. 80-yillarda <<Lirik pyesalar
»ning ikkinchi (1883), uchinchi va to'rtinchi (1886) daftarlari
yaratiladi. Ularni kompozitorning «musiqiy kundaligi» deb ha
yi -itishadi.
Grigning orkestr uchun yozgan eng so'nggi yirik asari xalqchii
mavzularda yaratilgan «Simfonik raqslar»i (1898) bo'ldi. O'z
tabiatiga, xalq raqslaridan foydalanishiga, umumiy kompozitsiya
yaxlitligiga ko'ra, «Simfonik raqslar» «Norveg raqslari» turkumini
davom ettiradi.

Слайд #16

Слайд #17

Hayotining so'nggi yillarida o'zining donishmandona va lirik
qissasi «Mening birinchi muvaffaqiyatim»ni hamda dasturiy
maqolasi «Motsart va uning zamonamiz uchun ahamiyati»ni e'lon
qiladi. Ularda kompozitorning ijodiy kredosi: o'ziga xoslikka intilish,
o'z uslubini, o'zining musiqadagi o'rnini belgilash, klassik
san'atning oliy darajadagi ideallariga sodiqlik juda yorqin ifoda
etilgan. !907-yilning aprelida Grig Norvegiya, Daniya, Germaniya
shaharlari bo'ylab katta konsertlar beradi. Grig 1907-yil 4-sentabrda
Bergen shahrida vafot etadi.

Слайд #18

. «Lirik
pyesalarning» bosh mavzusi vatandir. U tantanali «Aziz qo'shiq»da
(op. 12), bosiq va ulug'vor «Vatanda» (op.43) pyesasida, «Vatanga
» lirik janrli sahna asarida (op. 62), go'zal musiqiy peyzajlarda
(«Bahorda» op. 43, «Noktyurn» op. 54), xalqona — fantastik
pyesalar («Gnomlarning yurishi», «Kobold») da jaranglaydi. Turkumning
obrazlar doirasiga bevosita tabiatdan ko'chirmalar
(«Qushcha», «Kapalak»), «Qorovul qo'shig'i»ning aks sadolari,
«Gade» musiqiy portreti, «Ariyetta», «Vals — badiha», «Xotira»
lirik kechinmalarning sahifalari kiradi.

Слайд #19

«Gnomlar yurishi» pyesasi Grig musiqiy fantastikasining
ajoyib namunalaridan biri bo'lib, unda eitaklar olamining ajoyibotlari,
trolar yerosti podsholigi va tabiatning maftunkor go'-
zalligi bir-biriga qarama-qarshi qo'yilgan.
«Trolxaugendagi nikoh kuni» pyesasi «Lirik pyesalar» orasidagi
eng shodon va tantanavor pyesalardan biri bo'ldi. Bu pyesa musiqiy
obrazlarining yorqinligi, hajman kattaligi bilan konsert
pyesalariga yaqinlashadi.
Pyesa marsh ritmiga asoslangan bo'lib, pyesa murakkab uch
qismli shaklda yozilgan, undagi tantanali, bayramona chetki qismlar
o'rta qismning mayin lirikasiga qarshi qo'yilgan.

Слайд #20

Edvard Grig va uning rafiqasi.

Слайд #21

Edvard Grig va uning rafiqasi

Слайд #22

EDvard Grig o’gli bilan

Слайд #23

Edvard Grig xotirasiga qo’yilgan haykallar.

Слайд #24

Слайд #25

Слайд #26

Слайд #27

Слайд #28

Edvard Grig haykali.

Слайд #29

Edvard Grig do’stlari bilan

Слайд #30

Слайд #31

Слайд #32

ETIBORINGIZ
UCHUN
RAXMAT