Mixail Ivanovich Glinkaning ijodiy portreti
Cкачать презентацию: Mixail Ivanovich Glinkaning ijodiy portreti
Презентация по слайдам:
Слайд #1
Mixail Ivanovich Glinkaning
ijodiy portreti

Слайд #2

Слайд #3

Слайд #4
M.I.Glinka. Hayoti va ijodi
M.I.Glinkaning ijodiy yo‘li uning «Qaydlar» nomli adabiy asarida o‘z aksini topgan bo‘lib, unda kompozitor o‘z ijodini to‘rt davrga ajratadi:

Слайд #5
M.I.Glinka. Hayoti va ijodi
Bolalik va yoshlik davri hamda ijodiy tamoyillarining shakllanish davri (1830-yilgacha).
- Mahoratga erishish davri (1830— 1835-yillar).
Asosiy davr (1844-yilgacha).
Kechki davr (1845-1857).

Слайд #6
M.I.GLINKA.Hayoti va ijodi.
M.I.Glinka 1804-yil 20-may (l-iyun)da Smolensk guberniyasining Novospassk qishlog'ida dunyoga keldi. U kasbiy musiqa bilan birinchi marta bolaligidayoq tanishdi. Uning amakisiga tegishli krepostnoy dehqonlar orkestri rus qo'shiqlarini, mumtoz pyesalar va raqslarni ijro etardi. Glinka fortepiano va skripkada chalishni juda erta boshladi.

Слайд #7
M.I.Glinka mukammal o'rta ta’limni €
1818—1822-
yillarda Peterburgdagi Pedagogika bilim yurti qoshidagi pansionda oldi. Yosh Glinkaning ta’limida uning murabbiylaridan Sh.Mayer katta o‘rin tutadi, u bo‘lajak kompozitorga pianizmdan saboq berish bilan birga, dastlabki kompozitorlik tajribasini orttirishga ham yordam berdi.
М.I.Glinka.Hayoti va ijodi.

Слайд #8

Слайд #9
Uning birinchi ijodiy tajribasi fortepiano uchun variatsiyalar, uverturalar va kamer musiqasi chizgilari bo‘lsa, keyin- chalik «Havasimni keltirma» («Ne iskushay»), «Bechora go‘yanda» («Bedniy peves»), «Yonimda kuylama, go‘zal» («Ne poy, krasavitsa, pri mne») kabi yirik romanslari hamda «Ravon vodiy bo'ylab» («Sredi dolini rovnaya») deb nomlangan xalq qo‘shig‘iga variatsi yalar dunyo uzini ko‘rdi.

Слайд #10
Glinkaning G’arb davlatlariga sayohati.
Uni G‘arb musiqa hayoti o‘ziga ohanrabodek tortardi. U 1830-yilda Italiyaga sayohat qiladi, Milanda yashaydi, Neapol, Rim, Venetsiyani ko‘radi.

Слайд #11
Keyin Avstriya va Germaniyaga yo‘l oladi. Italiyaning opera madaniyati va mumtoz cholg‘u ijrochiligi bilan qiziqadi — ulardagi ijroning ravonlik, erkinlik va mukammallik mujassamligi uni o‘ziga rom qiladi.

Слайд #12

Слайд #13
Italiya mavzularida yaratilgan fortepiano variatsiyalari uning Italiya san’atiga bo‘lgan katta qiziqishidan dalolat beradi. Xorij safarida kompozitor G'arbiy Yevropa kompozitorlari erishgan katta yutuqlar bilan tanishadi. ItaliyadaG.Berlioz,F.Mendelson,,G.Donitsetlar bilan samimiy munosabatlar
o'rnatadi, Betxoven, Kerubini operalarini, simfonik musiqasini tinglaydi.

Слайд #14
Glinka

Слайд #15
Italiyada M.I.Glinka eng mashhur asarlar yaratadi. «Patetik trio» (Fortepiano, fagot va klarnet uchun), 1832; «Venetsiya tuni» («Venetsianskaya npch»), «G‘olib» («Pobeditel») romanslari shular jumlasidandir. Uning tugallanmagan uvertura-simfoniyasida <<Kamarincha>>ning simfonik g'oyalari belgilana boslilangan edi.

Слайд #16
M.I.Glinka. Hayoti va ijodi
Uning rus musiqasi tarixda tutgan o’rni A.S. Pushkinning rus adabiyotiga qo’shgan hissasi bilan qiyoslash mumkin. Rus tanqidchisi, adabiyotchining Belinskiyning aytishicha, Glinka , Pushkin singari , “nafis insoniy tuyg’ularni ravon shakl bilan uyg’unlashtira olgan”.

Слайд #17
Shoir va kompozitorning mana shu xususiyati uning ajoyib haqiqiy mumtoz badiiy ijod namunasiga aylantirdiki, u chuqur ichki haqiqat va keng mazmunning yorqin, qat’iy va mukammal shakl bilan mushtarakligiga asoslanadi.

Слайд #18

Слайд #19

Слайд #20
M.I.Glinka. Hayoti va ijodi
M.I.Glinka o‘zining ilk opera asari bilan rus musiqasi san’atida klassik davrini ochib berdi. Uning ijodida ham yangi davr — ijodiy yuksalish davri boshlandi. Uning san’ati o‘z vatandoshlari va ellik muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Слайд #21
M.I.Glinka. Hayoti va ijodi

Слайд #22
M.I.Glinka. Hayoti va ijodi
«Ruslan va Ludmila» operasi Pushkin.
1842-yil 27-noyabrida «Ruslan va Ludmila» operasini premyerasi bo‘lib o‘tdi. Unda imperator va saroy ahli spektakl tugamasidanoq zalni namoyishkorona tark etishdi, lekin musiqashunos tanqidchilar operaga yuqori baho berdilar.

Слайд #23
M.I.Glinka. Hayoti va ijodi

Слайд #24
M.I.Glinka. Hayoti va ijodi
M.I.Glinka umrining so‘nggi yillarini Peterburg, Varshava, Parij va Berlinda o'tkazadi. Kompozitoming Rossiyadagi xonadonida shoirlar, qo‘shiqchilar, yozuvchilar, kompozitorlar, aktyorlar, yosh musiqachilar tez-tez to‘planib turishardi, musiqashunos tanqidchilar — A. N. Serov va V.V.Stasovlar ham bor edi.

Слайд #25
M.I.Glinka. Hayoti va ijodi
M.I.Glinka 1857-yilda Berlinda vafot etdi. Keyinroq uning xoki Peterburgga olib kelinib, Aleksandrovo-Nevskiy qabristoniga dafn etildi va uning qabri ustiga haykal qo‘yildi.

Слайд #26

Слайд #27
E’tiboringiz uchun raxmat!
